9.9– rasm. Zavod_xodimlari va Kon_xodimlarijadvallarini Inresect operatori qo’llanilishi natijasi
Vazifalar Yuqorida ko`rsatilganlardan foydalanib tanlangan variyantga muvofiq mavzu uchun MySQL da union, intersect va minus standart so`zlari bilan ishlang.
Bajarilgan ishlar haqida hisobot tayyorlang (1-2-ilovalarga qarang).
Nazoratsavollari UNION standart so`zi nima maqsadda foydalaniladi?
MINUS standart so`zi qanday hollarda qo`llaniladi?
INTERSECT standart so`zi nima maqsadda foydalaniladi?
UNIONning qanday ko`rinishlari mavjud?
MBda birlashtirish nima?
MBda qo`shish amali qaysi standart so`zi bilan qo`llaniladi?
MBda ayirish amali deganda nima tushiniladi?
Standart so`zlarning qo`llanish sintaksisini ko`rsating.
UNION ALL standart so`zining UNIONdan farqi nimada?
Hisoblash algebrasi nima?
10 - LABORATORIYAISHI Mavzu: Standart funksiyalardan foydalanib so‘rovlar yaratish
Ishdanmaqsad: Berilgan predmet soha ma`lumotlar bazasidan foydalanib standart funksiyalardan foydalanib so‘rovlar yaratishni o`rganish.
Masalaniqo`yilishi: Predmet soha ma`lumotlar bazasi shakllantirilgandan so`ng ob`yektlardagi ma`lumotlar ustida o`zgartirishlar qilish uchun standart funksiyalardan foydalanib ishlash mumkin.
Uslubiy ko`rsatmalar: Standart funksiyalar:
LOWER - satrni kichik harfga o'zgartiradi
UPPER - satrni katta harfga o'zgartiradi
RPAD – O'ng qatorni ma'lum bir uzunlikdagi boshqa qator bilan bog'laydi
REPLACE– Satr ichidagi barcha substringlarning o'rnini yangi pastki satr bilan almashtiradi
UCASE – Satrni katta harfga o'zgartiradi
REVERSE – Satrni o'zgartiradi va natijani qaytaradi
FORMAT - Raqamni "#, ###, ###. ##" kabi formatga, o'nlik kasrlarning aniqlangan soniga qadar aylantiradi.
INITCAP - ifodaning sonli turga mansubligini aniqlaydi (MySqlda bu buyruq bajarilmaydi)
LPAD - funktsiyasi satr boshiga to'ldirilgan belgilar qo'shib asl satrdan olingan belgilangan uzunlikdagi satrni qaytaradi (agar manba satridagi belgilar soni belgilanganidan kam bo'lsa yoki "ortiqcha" belgilarni bekor qilish agar manba satridagi belgilar soni belgilanganidan ko'p bo'lsa).
RPAD -funktsiyasi satr boshiga to'ldirilgan belgilar qo'shib asl satrdan olingan belgilangan uzunlikdagi satrni qaytaradi (agar manba satridagi belgilar soni belgilanganidan kam bo'lsa yoki "ortiqcha" belgilarni bekor qilish agar manba satridagi belgilar soni belgilanganidan ko'p bo'lsa).