UNION ifodasi bir yoki bir nechta SQL so‘rovlar natijasini birlashtirishga imkon beradi.
Ikki yoki undan ortiq jadvallar jamlanganda ularning chiqish ustunlari jamlash uchun o‘zaro muvofiq bo‘lishi kerak. Bu shuni bildiradiki, xar bir so‘rov bir xil sondagi ustunlarni ko‘rsatib, bu ustunlar mos tartibda kelishi va xar biriga mos tiplarga ega bo‘lishi kerak. Sonli maydonlar bir xil tipga va kattalikka ega bo‘lishi kerak. Simvolli maydonlar bir xil sondagi simvollarga ega bo‘lishi kerak. Moslik ta’minlovchi yana bir shart bo‘sh (NULL) qiymatlar jamlanma ixtiyoriy ustunida man etilgan bo‘lishi kerak. Bu qiymatlar boshqa jamlovchi so‘rovlarda xam man etilgan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari siz ostki so‘rovlarda UNION operatoridan, xamda jamlovchi so‘rov SELECT operatorida agregat funksiyalardan foydalanishingiz mumkin emas. Siz individual so‘rovlardagi kabi natijani tartiblash uchun ORDER BY operatoridan foydalanishingiz mumkin. UNION ifodasi bir yoki bir necha SQL so‘rovlar natijasini birlashtirishga imkon beradi.
INTERSECT– bu operator ikki jadvalni taqqoslab ikkisida ham mavjud bo’lgan elementni chop etadi. Masalan A to’plamda 1, 2 va 3 ; B da esa 3, 4 va 5 bo’lsin. U holda:
SELECT * FROMA INTERSET SELECT *FROMB buyrug’ining natijasida 3 soni chop etiladi.
MINUS– birinchi jadvalda mavjud va ikkinchisida yo’q bo’lgan elementlarni chiqaradi. Yuqoridagi ifodada intersecto’rniga minusoperatorini yozsak, natijada ekranga 1 va 2 soni chiqariladi.
UNIONALL- (Bir nechta so'rovlarni bitta SQL-buyruqqa birlashtirish va shunga mos ravishda so'rovlar natijalarini birlashtirish uchun UNION kalit so'zidan foydalaniladi. UNION bilan qo'shilgan so'rovlar bir xil miqdordagi ustunlarni chiqarishi kerak va ustunlar ma'lumotlari turlari mos bo'lishi kerak. Natijalarni birlashtirishda takroriy satrlar avtomatik ravishda o'chiriladi; takroriy satrlarning o'chirilishining oldini olish uchun UNION so'zining o'rniga UNION ALL ifodasini ishlatiladi. Va nihoyat, bog'langan so'rov satrlarini ORDER BY jumlasi yordamida buyurtma qilish mumkin.