18.11 – rasm. “Свойства канала передачи данных” oynasi
1 0. 18.11 - rasmdagi oynadan Microsoft OLE DB provider for ODBC drivers ni tanlaymiz va natijada 18.12 rasmdagi oyna hosil bo’ladi undan avvaldan ochilgan MySQL obrazni tanlaymiz
18.13 – rasm.MySQL obrazni tanlash oynasi
Keyingi qadam esa ADOQuery komponentasining SQL xususiyatga so`rov yozish bilan davom ettiriladi.
18.14rasm. SQL xususiyati oynasi
ADOQuery komponentasining Active xususiyatiga “True” belgilanadi. Shundagina kiritilgan so`rov ishga tushadi va tekshiriladi. DataSource komponentasininng DataSet xususiyatiga “ADOQuery1” belgilanadi. Bu bilan ikkita komponent o`rtasida aloqa o`rnatiladi.
Kiritilgan so`rovni aks ettirish uchun yana bir komponenta DBGrid komponentasi kerak bo`ladi. Bu komponenta Data Controls bo`limida joylashgan. U ishga tushirilgandan keyin esa Data Source xususiyatiga “DataSource1” belgilanadi. Tayyor bo`lgan loyiha kompilyatsiya qilinadi. Bu jarayon 18.15 - rasmda aks ettirilgan.
Bu loyiha har safar ishga tushirilganda ma’lumotlar bazasi logini va paroli tizim tomonidan so`raladi. Buni oldini olish uchun ADOConnection komponentasining LoginPromt xususiyatiga “False” belgilanadi.
Vazifalar 1.Yuqorida ko`rsatilganlardan foydalanib tanlangan variyantga muvofiq mavzu uchun yaratilgan ma’lumotlar bazasini forma bilan bog’lang.
2. Bajarilgan ishlar haqida hisobot tayyorlang (1-2-ilovalarga qarang).
Nazoratsavollari
1. Ma`lumotlar bazasi bilan aloqa bog`lashda qaysi komponentalardan foydalaniladi?
2. ADO komponentalar bo`limida qanday komponentalar mavjud? 3. ADOConnect komponentasi nima vazifani bajaradi?
4. ADOQuery komponentasi xususiyatlari haqida ma`lumot bering. 5. DataSource komponentasi vazifasi.
6. DBGrid qanday komponenta?
7. Oracle bilan bog`lanishda C++ning o`ziga xos xususiyatlari nimada? 8. Oracle bilan bog`lanishda server nomiga nima yoziladi?
9. Kompilyatsiya jarayoni qanday amalga oshiriladi?
10.Qanday komponentalar forma osti komponentalari hisoblanadi?