19 - LABORATORIYAISHI Mavzu: C++daADO vaODBCdan foydalanib qatorlargama’lumotkiritish,o`zgartirishvao`chirish
Ishdanmaqsad: C++ da ADO va ODBC dan foydalanib qatorlarga ma’lumot
kiritish, o`zgartirish va o`chirishni o`rganish va ko`nikmaga ega bo`lish.
Masalaniqo`yilishi: C++ dasturlash tilining ma`lumotlar bazasi bilan ishlashga mo`ljallangan komponentalardan foydalanib ma`lumotlar bazasiga ma`lumotlarni kiritish, o`zgartirish va o`chirish amallarini bajarish. Bu amallarni DBNavigator komponentasi va so`rovlar orqali hosil qilish maqsadga muvofiqdir.
Uslubiyko`rsatmalar: C++ da ADO va ODBC dan foydalanib qatorlarga ma’lumot kiritish, o`zgartirish va o`chirish uchun kerakli komponentalarni ishga tushirish zarur. Bu komponentalarni asosini 18 laboratoriyada ko`rilgan komponentalar tashkil qiladi. Bu laboratoriya mashg`uloti yuqoridagi laboratoriya mashg`uloti davomi sifatida qaraladi. ADO va ODBC dan foydalanib qatorlarga ma’lumot kiritish, o`zgartirish va o`chirishni tashkil qilish uchun birinchi navbatda BDNavigator komponentasi ishga tushuriladi(Boshqa asosiy komponentalar 18 - laboratoriyada ishlatilgan. Bu uning davomi sifatida ishlatiladi).
Ishni bajarish tartibi 1. “ADOConnection”da “connected”ni truega va “Login Prompt”ni falsega o`zgartiramiz va “ADOTable1” da rejimni “Active”da truega o’zgartirib Connectionda ADOConnection1 ni tanlaymiz va ADOTabledan “Table name”dan kerakli jadval nomini tanlaymiz. Natija ko’rinishi uchun Data Source1 dan ADOtable1 ni DataSet menyusida tanlaymiz. Buni bajarilishi 19.1-rasm va 19.2-rasmda ko`rsatilgan.