O'zbekiston Resbublikasi oliy va o'rta maxsus talim vazirligi Nukus Davlat Pedagogika Instutining


I-BOB. JISMONIY TARBIYa VA SPORT SOHASIDA KADRLAR TAYYoRLAShNING IJTIMOIY-PYeDAGOGIK XUSUSIYaTLARI



Yüklə 109 Kb.
səhifə2/5
tarix30.05.2022
ölçüsü109 Kb.
#60032
1   2   3   4   5
farida

I-BOB. JISMONIY TARBIYa VA SPORT SOHASIDA KADRLAR TAYYoRLAShNING IJTIMOIY-PYeDAGOGIK XUSUSIYaTLARI

Bob bo‘yicha asosiy vazifalar:


1.Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlashning tarixiy davrlarini o‘rganish.
2.Kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik jarayonlarini o‘rganish.
Maktabgacha ta’lim muassasalari, o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish, ularni maqsadli ravishda amalga oshirishda mutaxassis kadrlarning o‘rni, burchi va xuquqlari ijtimoiy-pedagogik jihatdan muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, maktablar, o‘quv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalari, turli muassasalarda ommaviy sport musobaqalari, sayohatlarni tashkil qilishda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, sport turlari bo‘yicha murabbiylar, jamoatchi faollar (xakamlar, tashkilotchi instruktorlar) asosiy o‘rinda turadi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kadrlar tayyorlash davrlari quyidagicha:
- mustaqillikkacha bo‘lgan davrida O’zbekistonda mutaxassis kadrlar tayyorlashning amalga oshirilishi;
- mustaqillik davrida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha kadrlar tayyorlash tartiblari.
Mustaqillikkacha jismoniy madaniyat va sport ishlariga rahbarlik qilish, tashkiliy ishlarni olib borish maqsadida Toshkent, Samarqand va boshqa viloyatlarda maxsus kurslar (1924-1940 y.y.) tashkil etilgan. Shu asosda 1935 yil Toshkentda jismoniy mada-niyat texnikumi tashkil etilib, ixtisosli kadrlar tayyorlashning dast-labki qadamlariga asos solindi
Ikkinchi jahon urushi (1941-1945 y.y.) va undan keyingi qayta tiklash davrlarida (1946-1950 y.y.) ham jismoniy-harbiy tayyorgarlik bo‘yicha viloyatlarda (harbiy komissariat va maorif bo‘limlari ham-korligida) maxsus kadrlar tayyorlash davom ettirilgan. Ular aholini, ayniqsa o‘quvchi va ishchi yoshlarni mehnat va mudofaa ishlariga layoqatli qilib tarbiyalash kabi eng muhim, extiyojiy jarayonlarni amalga oshi-rgan.
Joylardagi jismoniy madaniyat va sport ishlarini boshqarish, ayniqsa o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslarini o‘tkazishda katta qiyinchiliklar yuzaga keladi. Natijada esa jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha kadrlariga bo‘lgan extiyoj hamda talablar kuchayib ketadi. Shu sababdan respublika hukumati tomonidan maxsus qarorlar chiqarildi. 1948 y. 27 dekabrdagi maxsus qarorga aso-san Toshkent jismoniy madaniyat texnikumi qoshida jismoniy madaniyat institutining bo‘limi (filial) ochiladi. 1949 yilda esa Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti tarkibida jismoniy tarbiya bo‘limi (1949 y. keyinchalik fakultet) tashkil qilindi.
Respublikaning deyarlik barcha hududlarida iqtisodiy va ijtimoiy madaniyat turmush sharoitlar yaxshilandi. Bolalarni ijtimoiy-pedagogik jihatdan tarbiyalash ishlari yangicha talablarni amalga oshi-rishni taqozo etdi. Shu sababdan 1950-1951 o‘quv yilidan boshlab, Samarqand, Termiz, Xujayli, Angren va Kosonsoy shaharlarida jismo-niy tarbiya pedagogika bilim yurtlari tashkil etilib, faoliyat ko‘rsata boshladi. Bilim yurtlarini bitirib chiqqanlar maktablarda jismoniy tarbiya va sport ishlarini ommaviy ravishda yangi usullar bilan tash-kil qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Farg‘ona (1954), Andijon (1958), Nukus (1956), Buxoro (1964), Samarqand (1967), Jizzax (1976) va boshqa ta’lim-tarbiya muassasalari bo‘yicha davlat idorlari va sport tashkilotlarining takliflari asosi-da 1955 yil oktyabr oyida Toshkentda jismoniy tarbiya instituti tash-kil etildi. Bu mutaxassis kadrlar, ilmiy-pedagogik xodimlar tayyor-lashning markaziga aylandi.
Oliy malakali jismoniy tarbiya va sport kadrlarini tayorlashda Respublikadagi barcha pedagogik institutlarning (1979 y. Sirdaryo) fakultetlari katta faoliyat ko‘rsatdi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda Nizomiy nomidagi Toshkent DPI aspirantura bo‘limi (1964), Qori-Niyoziy nomidagi Respublika ilmiy tekshirish pedagogika instituti jismoniy tarbiya bo‘limi (1960), O’zDJTI aspirantura bo‘-limi (1963) fidokorona ishlarni olib bordi. E’tirof etish lozimki, o‘qituvchilar malakasini oshirish, qayta tayyorlash kabi faoliyatlarda Respublika o‘qituvchilar malakasini oshirish Markaziy instituti, viloyatlardagi maorif bo‘limlari qoshidagi malaka oshirish insti-tutlari ham o‘z hissalarini qo‘shib bordi. Barcha shahar-tumanlar mao-rif bo‘limi qoshida va yirik ta’lim-tarbiya muassasalarida o‘qituvchi va tarbiyachilarning uyushgan metodik komissiyalari kadrlar malakasini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ayniqsa ularning o‘z faoliyatlariga bo‘lgan qiziqish, munosabat va mas’uliyatlarni takomil-lashtirishda muhim bosqich sifatida xizmat qilib keldi. Ulardagi pedagogik o‘qish, ilmiy-nazariy faoliyatlar bilan qurollantirish mu-him ahamiyatga ega bo‘lgan. O’zbekiston Mustaqilligi davrida jismoniy madaniyat va sport sohasidagi kadrlar tayyorlash masalalari asosan quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
-maktabgacha bolalar tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiya ishlari-ni yuqori pog‘onalarga ko‘tarish maqsadida tarbiyachi-o‘qituvilarni davr talablari asosida tayyorlash, ularni zamonaviy pedagogik texnologiya va mahoratlar bilan qurollantirish;
-barcha tur va tarmoqdagi o‘quv muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarni tayyorlashda innovatsion texnologik usullar va valeologik xususiyatlar mazmunlarini chuqur singdirish.
-bolalar va o‘smirlar sport maktablari, oliy sport mahorati, sport maktablari, olimpiya zahiralari sport maktablari uchun murabbiylar tayyorlash hamda ularning pedagogik mahoratlarini takomillashtirishda Xalqaro ilg‘or tajribalardan foydalanish;
-O’zDJTI viloyatlardagi jismoniy tarbiya fakultetlari, olimpiya zaxiralari kollejlari, pedagogika kollejlari tarkibidagi jismoniy tarbiya bo‘limlarida mutaxassis kadrlar tayyorlashda milliy ma’na-viyat, istiqlol goyasi va ilmiy-pedagogik ta’lim mazmunlarini o‘quvchi-yoshlar va talablarga chuqur singdirish.
-malaka oshirish institutlari, fakultetlari, uyushgan semenar-ken-gashlarida jismoniy trbiya va sportning ijtimoiy pedagogik xusu-siyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy-nazariy bilimlar berishda davr talablariga to‘la rioya qilish;
-mustaqil izlanuvchilar (soiskatel), magistrlar, aspirantlarning il-miy-pedagogik faoliyatlarini ishlab chiqarish, sport amaliyoti, ayniq-sa xalq milliy o‘yinlarini tarbiyaviy-sog‘lomlashtirish fazilatlari, maxalliy millat xotin-qizlarini sportga jalb etish yo‘llarini ilmiy asoslab berish mavzulariga qaratish.
II.1. Jismoniy madaniyat sohasida mutaxassislar tayyorlashni yanada takomillashtirish
O’zbekiston mustaqilligining yigirma yilligi (1991-2011) davrida o‘tkazilgan tub isloxatlar mazmunida jismoniy madaniyat sohasida mutaxssislar tayyorlash eng ustuvor vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Mutaxassislar tayyorlash negizida quyidagi ijtimoiy-madaniy va talim tarbiya jarayonlarining mushtarakligi ifodalanadi, yani:
Davlat qurilishi va siyosatining uyg‘unligi;
-qonun va qarorlarning istiqlol taqozasi bilan ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi;
-ishlab chiqarish va mehnat jarayonlarining sog‘lom turmush tarzini taminlashdagi ijobiy tasiri;
-aholining ijtimoiy-madaniy va sog‘lom turmushdagi olg‘a siljishlar;
-talimning uzliksizligini maqsadli amalga oshirib borilishi;
-aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘illanishga qiziqtirishning ortishi;
Bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan nufuzli tadbirlar va erishilayotgan samarali natijalar;
Respublikaning barcha hududlarida ommaviy sog‘lomlartirish sport turlaridan mashg‘ulotlar tashkil qilishning yangi yo‘nalishlari
-uzluksiz sport musobaqalarining yuksak darajada tashkil etilishi;
-ommaviy axbarot vositalarida (matbuot, teleradio, nashriyot va h.k) sport mavzusida axbarotlarga extiyojning kuchayishi;
-aholi istiqomat joylari, ayniqsa qishloq sharoitida mustaqillik kuni, navro‘z, hosil bayramlari hamda kasb-hunar kunlarini nishonlash kabi ommaviy madaniy va sog‘lamlashtirish sport tadbirlarining ko‘payishi, kengayishi, ularni omma orasiga chuqur singib borishi va h.k.
Ta’kidlash joizki, mazkur tadbirlar va faoliyatlarini amalga oshirishda jismoniy tarbiya va sportning keng tarmoqli sohalari bo‘yicha mutaxassis xodimlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlar tobora oshib bormoqda. Bu talab va ehtiyojlarni taminlash hamda amalga oshrishda O’z.DJTI, viloyatlardagi Oliy talim muassasalari tarkibida jismoniy tarbiya fakultetlari (16 ta) va Olimpiya zahiralari kollejlari (13 ta) sermahsul faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek maktabgacha talim, pedagogika va boshlang‘ich talim fakultetlari, pedagogika kollejlari tarkibidagi jismoniy tarbiya bo‘limlarida ham bog‘cha bolalari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun jismoniy trabiya o‘qituvchilari, tarbiyachi-pedagoglarni tayyorlash amalga oshirilmoqda.
Rasmiy malumotlarga qaraganda Respublikada jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha 35 mingdan ortiq mutaxassislar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 25 mingdan ortig‘i talim muassasalarida va BO’SM larining barcha yo‘nalishlarida xizmat qilmoqda.
Sport turlari bo‘yicha amalda faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar haqida so‘z yuritilsa, 40% dan ortiq kadrlar futbol va sprot o‘yinlari turlariga to‘g‘ri keladi. Milliy kurashlar va sharqona yakka kurashlar bo‘yicha 25-30% ni tashkil qiladi. Yengil atletika (8-10%), gimnastika (5-7%), sport tashkilotlarida rahbarlik kabi turlarida (6-8%) xizmat qilish bilan banddirlar.
Mazkur o‘quv muassasalarda kadrlar tayyorlash asosan o‘quv va tarbiya (bog‘chalar) muassasalari uchun o‘qituvchilar tayyorlash maqsadida qo‘yilgan sport turlari bo‘yicha murabbiylar tayyorlash faqat O’zDJTI va Olimpiya zahiralari kollejlari zimmasiga yuklatildi. Jismoniy tarbiya fakultetlarida esa umumiy darslar (sport turlari) va sport mahoratini tarbiyalash maxsus kurslarda u yoki bu darajada murabbiylar tayyorlash olib boriladi.
Yana bir tomoni shundaki, sportning u yoki bu turi bo‘yicha tayyorgarlik darajasi (sport ustasi yoki nomzod) yuqori bo‘lgan mutaxassislar ish faoliyati jarayonida (1-3 yil) murabbiylik tajribalarini egallab, malaka oshrish fakulteti va kurs-semenarlarda o‘z mahoratlarini oshirishmoqda.
Mutaxassislarning ish faoliyati ilmiy-nazariy tahlil qilinsa, ular asosan futbol, sport o‘yinlari turlari va milliy kurash, sharqona yakka kurashlar, boks kabi yo‘nalishlari ajralib qolgan. Buning ijobiy tomoni shundaki, iqtidorli bolalarni sportga jalb etish, ularni tarbiyalab, katta sportga safarbar qilishda muhim ahamiyatga egadir. Yani istiqlol taqozo etayotgan talab va maqsad shundaki, Respublika terma jamoalari xalqaro sport maydonlarida, ayniqsa Osiyo, jahon birinchiliklari va Olimpiya o‘yinlarida qatnashib, yurtimiz shon-shuhratini olamga keng yoymoqda.
Salbiy tomoni shundaki, ko‘pchilik yoshlar sevgan sport turlari, xalq milliy o‘yinlari, sayohatlar bo‘yicha mutaxassislar kamligi, bu sohalarga etibor sust darajada ekanligidadir.
Etirof etish lozimki, aholining solomatligini yaxshilash, bunda ommaviy sog‘lomlashtirish sport tadbirlariga ham etiborni kuchaytirish istiqlol qo‘ygan muhim vazifalardan biridir.
XXI-asr boshqa sohalar kabi jismoniy tarbiya va sport jarayonini texnik vositalar bilan taminlash, darslar va o‘quv mashg‘ulotlarini (trenirovka) yangi texnalogiyalar asosida tashkil qilish, o‘quvchi va talaba sportchilarni kompyuter tizimlari bilan kurollantirishni davom ettirmoqda. Demak, kadrlar tayyorlashda texnik vositalar, texnologik usullarni keng miqdorda amalga oshirish lozim bo‘ladi.
Yana bir muhim muammolardan biri shundaki, hozirgi davr pedagogika, psixologiya, tibbiyot, biologiya va ular bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar mazmunida sog‘liqni muxofaza qilish, sog‘liqni saqlash, tana azolarini maxsus (engil) mashqlar bilan tarbiyalashga qaratilgan yangi yo‘nalish-valeologiya yo‘nalishi yuzaga kelmoqda. Bu esa jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatidan talim berishda yangicha yondashishni talab etadi. Jismoniy tarbiya talimida jismoniy tarbiya va sportning shaxsni shakillantirish va uni jismoniy takomillashtirish asosiy vazifa qilib qo‘yilgan. Bu esa aholining barcha qatlamlari va toifalarida jismoniy tarbiya vositalarini jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalash, barkamollikni o‘stirishdagi tarbiyaviy jihatlarini ularning ongiga singdirish, demakdir. Bu yo‘lda nazariy bilimlarga ega bo‘lish va malaka hosil qilish eng muhim omillardan hisoblanadi.
Ta’kidlash lozimki, iqtidorli bolalarni sportga jalb etish, ularni tarbiyalab, katta sport orqali xalqaro sport musobaqalarida qatnashish va g‘alabalarga erishtirishning o‘zi sportni ommaviylashtirishda asosiy vosita bo‘lolmaydi. Shu sababli, eng avvalo aholining tushincha va qiziqishlarini kuchaytirish, ommaviy sport musobaqalarini ko‘proq uyushtirish, ularni jalb etish lozim. Bu yo‘lda mutaxassis hodimlarning faoliyati ustuvor ekanligi barchaga malumdir.
Sportga bo‘lgan ishtiyoq va qiziqishlarni kengaytirishda matbuot, teleradioning tasirchan kuchi g‘oyat kattadir. Bu yo‘lda sport jurnalistlarining malumotlari, yangi xabarlari, lavha va xikoyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo, hozirgi kun sharoitida sport jurnalistlariga bo‘lgan ehtiyoj g‘oyat kuchli. Sport jurnalisti eng avvalo aholining jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan etiqodi, qiziqishlari va ibratli jihatlarini ilmiy, ommabop darajada yoritib berishdir. Buning uchun esa sport turlari mazmuni, sport psixologiyasi, sport pedagogikasi, sport fiziologiyasi kabi fanlarni chuqur o‘zlashtirgan holda adabiy-badiiy jihatdan voqeliklarni ifodalashi lozim.
Ammo, sport jurnalistini maxsus ravishda tayyorlash hozirgi davr talabi darajasida emas. Chunki, O’zDJTI yoki jurnalistlar tayyorlayotgan Oliy dargohda bu vazifa maqsaddagidek tashkil etmagan..

Yüklə 109 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin