II.2. JISMONIY TARBIYa VA SPORTDA PROFFESIONALIZM Ta’lim-tarbiya va ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniyat olamida kasbiylik (professionalizm) jarayoni keng tarqalgan va samarali na-tijalarga erishilayotgan pedagogik jarayondi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni (1997), Davlat ta’lim standartlari va kadrlar tayyorlash milliy dasturi mazmunida barcha sohalar bo‘yicha yetuk mutaxassislarni tayyor-lash, ularning kasbiy malakalari hamda mahoratlarini oshirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Bu masalalar kadrlar tayyorlashda jismo-niy madaniyat va sport ixtisosligini ham o‘z ichiga oladi.
Jismoniy madaniyat va sportda proffesionalizm (kasbiylik-ixtisoslik) quyidagi yo‘nalishlarga bulinadi:
1.Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari.
2.Sport turlari bo‘yicha murabbiylar
3.Ommaviy jismoniy madaniyat va sport tadbirlarining tashkilotchi-lari.
1.Havaskorlik sportdan professional sportga o‘tish (professional sportchilar)
Kasbiylik (professionalizm) xususiyatlari shundaki, har bir faoliyatning mazmuni va uni amalda bajarishda qo‘llaniladigan usullarda ma’lum maqsadlar va muhim vazifalar mavjud bo‘ladi. Shu asosda ba’-zi bir tajribaviy xulosalar va mulohazalarni ifodalash maqsadga muvofiqdir.
Muntazam ravishda samarali mehnat qilish:
- bozor munosabatlari va maqsadga qaratilgan jismoniy tarbiya-kasbiy faoliyatlar;
- kasb sohasida nazariy va ilmiy pedagogik bilimlarni egallash;
- pedagogik – jismoniy tarbiya kasbida amaliy ko‘nikmalar va kasbiy malakani uzluksiz takomillashtirish;
- mehnat samaralarini (sportdagi natijalar, o‘quvchi-yoshlar va talabalarning fanni o‘zlashtirish) avvaldan ko‘ra bilish;
- yangi (innovatsiya) pedagogik texnologiyalarni egallash va ularni o‘quv mashg‘ulotlarda (trenerovka) qo‘llash;
- shug‘ullanuvchilar va barcha kasb egalari (fan, madaniyat, texnika, iqtisodiy va hokazo) oldida pedagogik mahorat jihatdan doimiy ravishda namuna bo‘lish.
Mazkur faoliyatlar va talablar umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan pedagogik jarayonlardir. Bu jarayonlarni kasbiylik yo‘lidagi faoliyatlarda qisqacha izohlansa quyidagilarni bayon etish mumkin. Texnika, san’at, adabiyot va ko‘p sohalarda o‘ta ustalik bilan bajarilgan, ijro etilgan faoliyat (mehnat samaralari) egalarini moxir, usta deb tan olishadi. Ya’ni o‘z kasbining tengi yo‘q xunarli (professional), ustasi deyiladi. Bu jismoniy madaniyat va sport sohasida ham shaklan va mazmunan qiyoslidir, ya’ni:
-xavaskor sifatida (har bir to‘rning o‘z xususiyati bor) bajariladigan mashqlar, ularning turli amallari (priyom) belgilangan qoida, tartib va talabalarga asoslanadi. Ya’ni shug‘ullanuvchining jismoniy tayyorgarligi, xulqi, qoidalarga to‘la amal qilishini ko‘zda tutadi. Eng muhimi esa sog‘liqni saqlash, jarohatlar olishga yo‘l qo‘ymaslik, ga-rovlarga berilmaslik xavaskorlikning tamoyilidir.
- jahondagi ko‘pchilik mamlakatlardagi kabi O’zbekistonda ham sportning ba’zi bir turlari (boks, tennis, sharqona yakka kurashlar va hokazo) bo‘yicha professional harakatlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu faoliyatlarning (professional) ham o‘ziga xos xususiyatlari, qonun va qoidalari mavjud. Xavaskorlik sportidan farqli o‘laroq bunda bajarish muddati, mashqlarning cheksizligi va garovlar (o‘rtadagi qayta miqdordagi pullar) ustunroq turadi. Ta’kidlash lozimki, Xalqaro miqiyosda havaskorlik va professional sport o‘yin-mashqlar bir-biri bilan tutashib, aralashib bormoqda. M: Futbol, xokkey, boks, kurashlar kabi sport turlarida cheklanmagan (itarish, oyoqlardan chalish, istagan joyiga zarba berish va hokazo) harakatlarni qo‘llash amalga oshirilmoqda. Ya’ni professional sportdagi ba’zi bir amaliy harakatlar (mashqlar, priyom) xavaskorlik sport turlari qoidasiga kiritilmoqda. Sport olamida professionalizm iborasi va tushunchasi tor ma’noda maxsus, kamyob amaliy faoliyat (mahorat) sifatida mavjuddir. M: boks, kurash, tosh-yuk ko‘tarish, yuk tortish va hokazo (uning turlari ko‘p) og‘ir vaznlar, atletik (mushaklar hajmi va kuchi) tayyorgarliklarda aniq ko‘rinadi. Ya’ni vaqtning cho‘zilishi, man etilgan usullarning qo‘llanishi va har kanday sport ustasi (sport turlaridagi havaskor tayyorgarliklar) ham bajarishi qiyin yoki bajarmasliklari mumkin. (m:yuk mashinasini tortish, noqulay-katta hajm-og‘ir yuklarni ko‘tarib yuqo-riga qo‘yish, belgilangan joyga olib borish kabilarni Rossiyada olib borilayotgan Xalqaro musobaqalar timsolida aynan ko‘rish mumkin).
Professional sport musobaqalarining ijtimoiy-tarbiyaviy, jismo-niy sifatlarni tayyorlash va moddiy manfaatlar keltiruvchi xususiyatlari hozirgi davrda muhim omil sifatida xizmat qilayotganligini inkor qilib bo‘lmaydi. Ta’lim-tarbiya sohasidagi jismoniy tarbiya va sportning maqsadli kasbiyligi (professional) hozirgi davr pedagogik texnologiyalarni va mahorat sirlarini ochib berishda o‘z o‘rni bor. Ular haqidagi ba’zi bir dalillarni nazariy jihatdan quyidagicha izohlasa bo‘ladi, ya’ni:
1.Maktabgacha bolalar tarbiya muassasalarida bolalarning yoshi, jinsi va jismoniy qobiliyatlariga qarab turli o‘yin-mashqlarni o‘rgatishda tarbiyachio‘qituvchining nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga yuqori darajada ega bo‘lishi, ustakorligi (professional) muhim ahamiyatga ega.
1. Xari (brevno, skameyka-o‘tirg‘ich) ustidan sekin yoki tez yurib, yugurib o‘tishda yiqilmaslik holatlarni o‘rgatish (ba’zi bolalar yugurib o‘tishdan qo‘rqadi, bunda ularni suyash qo‘lidan ushlash lozim bo‘ladi).
2. Tik narvonlardan sekin yoki epchillik bilan tez osilib chiqish. Bunda ham ba’zi bolalar (qizlar) chiqishda qo‘rqadi yoki chiqmaydi. Reykalardan (tayoq) maxkam ushlash, oyoqlarga to‘g‘ri tayanish, balandga qarash kabi usullarni o‘rgatilsa va talab qilinsa qiynaladigan bolalar ham tezda o‘zlashtirishi mumkin. Demak, tarbiyachi-o‘qituvchilar o‘z kasbining ustasi bo‘lishini mehnat jarayoni taqozo etadi.
2. Umumta’lim maktablar, akademik-litseylarda ta’lim-tarbiya oluvchi o‘quvchi-yoshlar, ayniqsa boshlang‘ich ta’lim (1-4 sinflar) o‘quvchi-lari bilan jismoniy tarbiya darslari, darsdan tashqari sog‘lomlash-tirish ishlari (tanaffuslardagi o‘yin-mashqlar, dam olish kuni sayr-sayohatlar, uy sharoitidagi mustaqil mashg‘ulotlar va hokazo) sport to‘garaklari mashg‘ulotlari, sport musobaqalarida qo‘llaniladigan xilma-xil o‘rgatish usullari mavjud bo‘ladi. Bunda o‘qituvchidan gimnas-tika, yengil atletika, sport o‘yinlari, kurash, raqslar va hokazoni (jismoniy tarbiya dasturi “Alpomish va Barchinoy” maxsus testlari talablari asosida) o‘rgatishda ko‘p qirrali (universal va professional) nazariy bilim hamda yuqori darajadagi amaliy malakalar talab etiladi. Ularni puxta, mazmunli va qiziqarli qilib ko‘rsatish, tushuntirish, o‘rgatish va yaxshi samaralarga erishtirish o‘qituvchining jismoniy tarbiya va sportdagi professional (mohir, ustakor, bilag‘on) faoliyati maxsuli hisoblanadi.
Bundan xulosa shundaki, jismoniy tarbiya sohasidagi o‘quv muassasalari (jismoniy tarbiya fakultetlari, pedagogika va maktabgacha pedagogika metodikasi kollejlari va hokazo) kadrlar tayyorlash jarayonida bulajak mutaxassislarni yuqorida ta’kidlangan professional faoliyatlar bilan mustahkam qurollantirish lozim bo‘ladi. Bunda Rossiya, Qozog‘iston va boshqa respublikalarda qo‘llanilayotgan hozirgi davr o‘qitish usullari va ilg‘or tajribalardan foydalanish yo‘llariga maqsadli hamda samarali tayanish mumkin (Kostyuchenko V.F. Rossiya, Qulnazarov A.K. - Qozog‘iston: Professionalizm v sfere fizicheskoy kulturы, ucheb pos. Almatы, 2004 – qarang)
Ularning ta’kidlashicha kasbiy-pedagogik bilim va ko‘nikmalar jismoniy tarbiya va sportda ustivor turadi. Bunda o‘qituvchi murabbiy va shug‘ullanuvchilarning o‘quv-mashg‘ulotlar hamda sport faoliyatlarda shaxsiy tajribalarning o‘rni va mohiyatiga e’tibor qaratilishi lozim.
Mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchi-yoshlar, ayniqsa sportchilarda kechadigan fiziologik, biologik, biomexanik faoliyatlar, o‘zgarishlar haqida pedagogik jihatdan muammolarni xal qilishning ijodiy yo‘llarini izlash, topish va ulardan maqsadli, samarali foydalanishni mutaxassislarga o‘rgatish lozim bo‘ladi. Jismoniy tarbiya ta’limida turli axborotlar, ma’lumotlardan (kommunikativ) foydalanishda vamologik, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, foydalanish jarayonlarida hozirgi davr fan-texnika yangiliklarini o‘zlashtirish asosiy muammolardan biridir. Egallagan bilim va amaliy ko‘nikmalarni ommaviy jismoniy madaniyat, sport, turizm va xalq milliy o‘yinlari bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarda tashkilotchi-tashabbuskor sifatida amalga oshirish, mutaxassisning ijtimoiy fao-liyatini kuchaytirish zarur bo‘ladi. Shular asosida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi o‘quvchi-yoshlar, talabalar va mutaxassis kadrlarning ilmiypedagogik saloxiyatlarini oshirish, kengaytirish, chuqurlashti-rish va ayniqsa malakaviy ko‘nikma hamda amaliy tajribalarni yuksaltirish hozirgi davr kadrlar tayyorlash milliy dasturining talabi hisoblanadi.
Boshlash uchun, keling, aniqlaymiz: murabbiy kim. Trener - (inglizcha trainer, train dan - ta'lim bermoq, o'rgatish) - jismoniy tarbiya o'qituvchisi, muayyan sport turi bo'yicha mutaxassis. Aynan murabbiy sportchilarni tarbiyalash, tayyorlash va malakasini oshirishga, ularning funksional imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tarbiyaviy va tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Asosan murabbiylar pedagogika oliy o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya va sport fakultetlari tomonidan tayyorlanadi. Xalqaro va Butunittifoq musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan sportchilar va jamoalarni tayyorlash uchun murabbiyga Rossiyada xizmat ko'rsatgan murabbiy kabi faxriy unvonlar berilishi mumkin.
Sportchi uchun “murabbiy” tushunchasi muqaddasdir. U “do‘st”, “ustoz”, “ota”, “usta” tushunchalari bilan hamohangdir. Sportchi uchun murabbiy namunadir. Bu hayotda "uning murabbiyi" bilan uchrashish omad tilaymiz. Murabbiy sportchini sportda va hayotda maqsadlariga erishishga undaydi va maqsadga erishilgach, u yangisini qo'yadi. Va shunga o'xshash, infinitum, aks holda, sportchilarning fikriga ko'ra, yashashdan ma'no yo'q.
Muhim jihat - bu murabbiyning psixologik savodxonligi, chunki faqat mashg'ulot dasturini tuzish, sportchi yoki jamoa uchun mashg'ulot rejimi va yukini aniqlash etarli emas, har bir sportchining ruhiy holatining xususiyatlarini to'g'ri baholash kerak. sportchi sherik va raqib bilan o'zaro munosabatda bo'lganda, muvaffaqiyatsizliklar yoki nizolarga olib keladigan sabablarni o'z vaqtida va to'g'ri yo'q qiladi.
Qarashlar kengligi, bilim darajasi, malakasi, obro'-e'tibori, o'z sportiga bo'lgan muhabbat va qat'iyatlilik, do'stona jamoani to'plash qobiliyati, sportchi psixologiyasini tushunish, qat'iyatlilik, talabchanlik, o'zini o'zi tanqid qilish, printsiplarga rioya qilish. - bu murabbiy-o'qituvchida bo'lishi kerak bo'lgan fazilatlarning to'liq bo'lmagan ro'yxati. U novator bo‘lishi, metodologiya, taktikadagi ilg‘or hamma narsani ko‘ra bilishi, nusxa ko‘chirmaslik, o‘z ishida ijodiy qo‘llashi kerak.
Va har bir murabbiyning maksimal dasturi o'z palatasini olib kelish bo'lsa ham katta sport, o'smirlar va yoshlar uchun murabbiy, birinchi navbatda, ularni o'zlariga, kuchli va imkoniyatlariga ishonishga majbur qilgan obro'li va yaqin shaxs bo'lib qoladi.