Qoraqalpog'iston Respublikasi oliy va o'rta maxsus talim vazirligi
"Jismoniy madaniyat" fakultetining 2-bosqich talabasi
Emirov Dovlet Davranovichning
" Voleybol musobaqalarini tashkillashtirish va o’tkazish " mavzusidagi
KURS ISHI
Topshirgan: D.Emirov
Qabul qilgan: R. Bekmuratov
Nukus-2022
Kirish.
O’zbekiston Respublikasi Birincni Prezidenti o’zining “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida” asarida ta’kidlaganidek xalqimiz mustaqillikka erishgach, erkin barqaror iqtisodiyot tamoyillarini ta’minlovchi demokratik davlatning konstitustion va huquqiy asoslarini yaratishga, shu asosida jamiyatdagi ma’naviy hamda axloqiy qadriyatlarning ustuvorligi ta’minlab, davlat tashkil etish va boshqarishning yangi tuzumini qurishga erishdik. Mustaqillik buyuk yutuqlarimiz hamda ezgu an’analarimizni tiklash va ularga hayot ato etishning yangi imkoniyatlarini ochdi. Erishilayotgan yuksak sport natijalarini yirik xalqaro musobaqalarda raqobatning kuchayishi mashg’ulot va musobaqa yuklamalarini muntazam o’sib borishi, o’zbek sport geografiyasining tobora kengayishi hozirgi bosqichda yuqori malakali sportchilarni tayyorlash ilmiyuslubiy asosini takomillashtirish zaruratini belgilaydi. Yuqori natijalar sportni alohida shaxsiy va umuman millatga xos irsiy qobiliyati, jamiyatning darajasi hamda ijtimoiy tuzilishi mezoni bo’lib xizmat qilishi kerak. Tayyorgarlik texnologiyalarini har tomonlama takomillashtirish yo’llari to’g’risidagi ilmiy qarashlarning yangi tizimini yaratish va amalga oshirish hisobiga yuqori malakali sportchilarni tayyorlash nazariyasi hamda uslubiyotini yangilash lozim. Hozirgi zamonda sportda yutuqlarga erishishning sharti yuqori malakali sportchilar tayyorlashni maqbullashtirishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirishdan iborat. Xalqaro maydonlardagi sport yutuqlari bu-milliy boylik va birinchi navbatda davlati, xalqi ular bilan faxirlanmog’i kerak Bugungi kunda malakali sportchilarni tayyorlashning mavjud tizimi quyidagi faoliyat shakllarini ko’zda tutadi: -tayyorgarlikning turli bosqichlarida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur sport natijasini bashorat qilish; -sportchining musobaqa faoliyatini tashkil etish va modellashtirish; -sportchi tayyorgarligining turli tomonlarini tahlil etish va modellashtirish; -rejalashtirilgan natijaga erishish uchun yo’naltirilgan sport mashg’ulotini tahlil etish va dasturlash; 4 O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport haqida»gi qonunining 16 moddasida maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar va talabalar salomatligini asrash va mustahkamlash, ularda jismoniy rivojlanishga ehtiyojini shakllantirish maktabgacha tarbiya va o’rta oliy ta’lim muassasalarining asosiy vazifasidir, deyilgan. Kadrlarni tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’limni isloh etishning strategik yo’nalishlaridan biri o’sib kelayotgan avlod salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash hisoblanadi.
Musobaqa o‘tkazish usullarida musobaqa jadvalining har bir juftidan birinchi bo’lib yozilgan jamoa mеzbon, ikkinchi bo‘lib yozilgan jamoa mеhmon hisoblanadi.
Ma'lumki, o‘tkaziladigan musobaqalarda uchrashayotgan jamoa a'zolarining sport kiyimlari boshqa-boshqa rangda bo‘lganligi ma'kul. Shuning uchun zarur bo‘lgan paytda mеzbonlar kiyimlarini almashtirishlari kеrak. Mеzbonlar uchrashuv boshlanishidan avval mеhmonlarga maydonchani tanlashga imkoniyat bеrishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: |