O’zbekiston respbliasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə20/46
tarix11.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#111035
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
chizma geometriya va muxandislik grafikasi

2. Sirtlarda nuqta tanlash. Nuqta sirtga oid bo’lishi uchun u sirtda yotuvchi yasovchilardan birining ustida yotashi kerak, 3-shaklda sirtda yotuvchi A va V nuqtalarning yetishmaydigan proyeksiyalarini aniqlash ko’rsatilgan.
A nuqtaning yetishmaydigan A1 – gorizontal proyeksiyasini aniqlash uchun sirtning karkasi – 1 – 2 – 3 – 4 larni qurib, so’ngra berilgan A2 – nuqta orqali yordamchi m2 chiziq o’tkaziladi, keyin uning gorizontal m1 proyeksiyasi quriladi va A1 nuqta topiladi. Agar karkasning yasovchisi berilgan nuqta V1 bilan birga tushib qolsa, uning ikkinchi proyeksiyasi V2 ni topish osondir.
4-shaklda aylanish sirtida yotuvchi S nuqtasining S1 gorizontal proyeksiyasini topish ko’rsatilgan. Buning uchun S2 orqali sirtda yordamchi parallel o’tkaziladi, so’ngra S2 nuqtani proyeksiyalab S1 va S4 va S3, S5 nuqtalar aniqlanadi. A nuqta sirtning ekvatorida, V – nuqta esa bosh meridian chiziqlarida yotadi (4-shakl).
3. Sirtning ocherki. Sirtlarning chizmasini yaqqol ko’rsatish uchun ularning ocherklari, ya’ni 123 – tekisliklardagi ko’rinar kontur chiziqlari yasaladi (5-shakl). Agar biror, masalan  sirt proyeksiyalar tekisliklariga proyeksiyalansa, proyeksiyalovchi parallel chiziqlar sirt bilan urinib Q silindr sirtini hosil qiladi. Buni sirtning kontur chizig’i deyiladi. Sirtning tekislikdani proyeksiyasini chegaralovchi ko’rinar chiziqqa shu sirtning tegishli tekislikdagi ocherki deyiladi. sirtlarning tekisliklardagi proyeksiyalarini tasvirlashda uning har xil kontur chiziqlari hosil bo’ladi (6-shakl). Masalan, silindrning 1 va 2 proyeksiyalar tekisliklaridagi proyeksiyalarini olsak, uning frontal proyeksiyasi m (AV) va n (CD) chiziqlar kontur chiziqni tashkil qilsa, gorizontal proyeksiyasida esa l(MN) va t(EF) ni tashkil qiladi. Bundan tashqari silindrning asosini tashkil qiluvchi, ATCM yopiq chiziq ham chegaralovchi kontur chiziqni hosil qiladi. Shunday qilib, kuzatuvchiga nisbatan sirtning aniq shaklini belgilovchi tashqi chegarasiga sirtning ocherki deyiladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin