O’zbekiston respubliikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


a) Vakuumli Quyosh kollektorining umumiy ko’rinishi; b) Vakuumli Quyosh kollektorining sxemasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə7/8
tarix02.02.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#82317
1   2   3   4   5   6   7   8
Quyosh qurilmalari va tizimlari MUSTAQIL ISH

a) Vakuumli Quyosh kollektorining umumiy ko’rinishi; b) Vakuumli Quyosh kollektorining sxemasi; 1 – Ulash; 2 - Slikonli qatlam; 3 - EPDM qatlam; 4 - Zarbaga chidamli shishadan qilingan vakuum trubkasi; 5 - Yuqori selektv qatlamga ega bo’lgan alyuminiyli yutuvchi sirt; 6 - Ko’zguli qaytargich, 7 - Kollektortashqi qobig’i; 8 - Yutuvchi sirtdagi issiqlikni olish uchun mo’ljallangan U-simon trubka.

Kollektor samaradorligini oshirishni standart yechimida yutuvchi sirt sifatida mis ishlatiladi, chunki uning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffisenti juda yudori ba’zan alyuminiy ham yutuvchi sirt sifatida qo’llaniladi. Garchi issiqlik o’kazuvchanlik koeffsenti misga nisbatan ikki marta kam bo’lsada, alyuminiy metallining quvvat zaxirasi yuqori bo’ladi. Demak, issiqlik uzatishda kelayotgan energiyani bu metall o’zida saqlab turish xususiyatiga ega


Tushayotgan energiya miqdori cheklangan holda ham, issiqlik tashuvchining haroratini 250 – 300ºCgacha oshirish imkoniyati mavjud. Bunga ko’p qatlamli shisha qoplamadan, yuqori germetiklikdan foydalanish natijasida chiqayotgan issiqlik yo’qolishini kamaytirish hisobiga yoki vakuumli kollektor yasash hisobiga amalga oshirish mumkin
Quyosh issiqlik trubasining tuzilishi maishiy turmushda ishlayotgan termosga o’xshaydi. Faqatgina trubaning tashqi qismigina shaffof bo’lib, ichki tomoni esa Quyosh energiyasini tutib qoladigan yuqori selektiv qoplama bilan qoplangan bo’lib, tashqi va ichki shisha trubka orasi vakuumdan iborat. Aynan oraliqdagi vakuum qatlami tutilgan issiqlik energiyasini 95%ini saqlash imkoniyatini beradi, bundan tashqari vakuumli Quyosh kollektorlaridagi issiqlik trubkalari issiqlik tashuvchi vazifasida ham keladi. Trubkaning paski qismida joylashgan suyuqlik Quyosh nuri bilan isitilganda, u bug’ga aylanib qiziydi. Bug’ trubkaning yuqori qismiga (kondensator)ga ko’tariladi, ya’ni o’z issiqligini kollektorga berib soviydi. Bu usuldan foydalanish ayniqsa, past harorat va radiatsiya miqdori kam bo’lgan iqlim sharoitlarida yassi kollektor bilan taqqoslaganda yuqori FIK beradi.
Maishiy xizmat ko’rsatadigan Quyosh kollektor qurilmalarida, suv, havo, moy yoki antifriz kabi issiqlik tashuvchilar qizigach kollektor orqali sirkulyatsiyalanadi, so’ngra o’zining issiqlik energiyasini bak – akumliyatorga berib, iste’molchi uchun zahira issiq suvni beradi.
Bu qurilmaning oddiy turlarida suvning aylanishi kollektor va undan yuqoriroqda bak – akumulyator orasidagi temperatura farqlari sababli tabiiy holda ro’y beradi. Biroz murakkabroq turida suv yoki antifriz bilan to’ldirilgan o’zining qismiga ega bo’ladi. Bu qismda issiqlik tashuvchining sirkulyatsiyasi uchun nasos ulangan bo’ladi, bak to’g’ridan – to’g’ri kollektor bilan yoki binoning ichida ham o’rnatilishi ham mumkin.


a)
b)

a) Bir konturli kollektorning qurilma sxemasi; b) Ikki konturli kollektorning qurilma sxemasi; 1- Quyosh kollektori; 2 - Nasos; 3- Bak-akkumulator; 4 – Boshqaruvchidatchik; 5 – Nazorat qiluvchi va boshqaruvchi moslama; 6- Issiqlik almashtirgich.
Qachonki, suvning haroratini kerakli darajada ko’tarish uchun Quyosh energiyasi yetarli bo’lmasa, bak – akumuliyator orqasida qo’shimcha elektr isitgich qo’yiladi. Bunday usul Quyosh qurulmasi samaradorligini oshirish imkonini beradi. Xususan, issiqlik tashuvchining harorati oshishi bilan Quyosh kollektori FIK kamaygan hollarda ko’proq foydalaniladi. Bundan tashqari Quyosh suv isitgish qurilmalari akumulyator ko’rinishidagi alohida bak – akumulyatori bo’lmagan – qizigan suv to’g’ridan – to’g’ri Quyosh kollektorining o’zida saqlanadigan turlari ham bo’ladi. Bunday holda qurilmaning tashqi ko’rinishi to’g’ri burchakli bak ko’rinishiga yaqin shaklda bo’ladi.
Quyosh havo kollektorlari – Quyosh energiyasi yordamida ishlaydigan va havoni qizdiradigan qurilmadir. Bu ko’pincha oddiy yassi kollektorlar ko’rinishida bo’lib, asosan binolarni isitish va qishloq xo’jalik mahsulotlarini quritish uchun ishlatiladi. Bunda havo tabiiy konveksiya yoki ventilyator yordamida yutuvchi sirt orqali o’tadi. Havo suyuqlikka nisbatan issiqlikni yomon o’tkazgani sababli, suyuqlik bilan ishlaydigan issiqlik tashuvchiga qaraganda issiqlikni yutuvchi sirtga kam uzatadi. Ba’zi Quyosh havo isitgichlaridagi yutuvchi plastinkalariga ventilyator ulangan bo’lib, ular havoning turbulentligini kattalashtirib, issiqlik uzatishni yaxshilaydi. Bu qurilmaning kamchiligi shundan iboratki, ventilyatorning ishlashi uchun qo’shimcha energiya sarfi mavjudligi ushbu tizimning xarajati oshishiga olib keladi. Sovuq iqlim sharoitida havo plastina – yutuvchi sirt orasidagi kanal bo’ylab yo’naladi va kollektor orqa devorini isitadi, natijada shisha bo’ylab qo’shimcha issiqlik yo’qolishi kuzatiladi. Biroq atrof – muhit harorati 17ºC dan yuqori bo’lmasa, plastina – yutuvchi sirtdan ikki tomonlama aylanayotgan havo ortiqcha issiqlik yo’qolishisiz samarali ishlaydi. Havo kollektorlarining asosiy afzalliklari ularning oddiyligi va ishonchliligidir. Agar e’tibor bilan ishlatilsa, u 10 – 20 yil xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari issiqlik tashuvchi element almashinishi kuzatilmaydi, chunki havo muzlamaydi.

Xulosa.

Quyosh energiyasidan issiqlik manbai sifatida foydalanishda biz qiladigan asosiy ishlarimiz quyosh kollektorlarining konstruktsiyalarini, ularga qo`yiladigan talablarni o`rganib O`zbekiston iqlimiga mos konstruktsiyali quyosh suv isitgichlarini aniqlab tanlashimiz. Issiqlikni saqlash, taqsimlash va iste`mol qilishda asosan quyosh suv isitish tizimlari borasida chet -el mamlakatlari tajribalarini o`rganishimiz, quyosh suv isitish tizimlarining tashkil etuvchi elementlarini tahlil qilishimiz, va bir necha tizimlar qo`shilgan holda yaratilgan quyosh isitish tizimidan foydalanishni, masalan, aktiv va passiv tizimlar elementlarini o`z ichiga oladigan gibrid tizimlar effektiv ekanligini xisoblab, hozirgi kunda kombinatsiyalashgan tizimlardan keng foydalanishni targ’ib etishimiz zarur.




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin