O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#148636
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati

Demosfen (384-323)
Umrini ona vatanining gullab-yashnashiga baqishlagan davlat 
arbobi, mashhur notiq Demosfen eramizdan oldingi 384 yili Afinada
26


o'ziga to'q oilada dunyoga keldi. Uning otasining ismi ham Demos­
fen bo'lib, qurol-yaroq ustaxonasining egasi edi.
Bo'lajak notiq 5 yoshga to'lganida otasidan ajraladi. Demosfen 
bilan singlisiga otadan katta meros qoladi. Bolalarning tarbiyasi va 
merosi vaqtincha tog'asiga topshiriladi. Tog'a esa barcha boyliklarni 
qo'lga kiritib olgach, bolalarning tarbiyasi bilan qiziqmaydi. Natijada 
Demosfen juda nimjon va kasalmand bo'lib o'sadi.
Demosfen voyaga etgach, tog'asi unga faqat qullari, uyi va uy 
jihozlarini hamda pulning ma'lum bir qisminigina berib aldaydi. 
Demosfen tog'asidan molmulkning qolganini yaxshilik bilan qay- 
tarib berishini so'raydi. Biroq tog'a bundan bosh tortganidan keyin u 
qolgan merosini sud orqali undirib olishga qaror qiladi. Sudda 
muvaffaqiyat qozonish uchun Afinaning davlat qonunlarini yaxshi 
bilish, shu bilan birga, ravon so'zlash. da'vosining to'g'riligiga kishi- 
lami ishontirish kerak edi. Shu sababli Demosfen notiqlik san'atini 
o'rganish uchun o'z davrining meros ishlari bo'yicha mashhur advo- 
kati Isey maktabida ta'lim olishga majbur bo'ladi. U to'rt yil 
davomida qunt bilan o'qiydi va bu davrda ko'pgina yozuvchilarning 
asarlari bilan tanishib chiqadi. Ayniqsa mashhur tarixchi Fukidid 
(Eramizdan oldingi V asrda yashagan Afina tarixchisi va davlat 
arbobi. U Pelopan urushida ishtirok etgan va uning tarixini yozgan) 
va faylasuf Platonning tanlangan asarlarini puxta o'rganadi. Bo'lajak 
notiq Fukidid asarlarini sakkiz marotaba qayta ko'chirib yozib, uni 
deyarli yoddan o'zlashtiradi.
Demosfen o'qishni tugatgach vasiylari bilan sudlashadi va sud 
besh yil davom etadi. Bir necha yil surunkasiga bo'lgan kurash 
bo'lajak notiq xarakterining toblanishida, bir so'zli va matonatli 
bo'lishida katta rol o'ynaydi. Yoshlik choqlaridayoq ko'pchilik oldi- 
da so'zga chiqishni orzu qilib yurgan Demosfen o'qish yillarida 
o'qituvchisi bilan sud majlislariga qatnashadi.
27


Demosfen notiqlik bilan shug'ullanishdan avval o'z ustozi 
yo'lidan borib, boshqalarga sudda so'zlanadigan nutqning matnini 
yozib berar va bu ishlari uchun yaxshigina haq olar edi. Bora-bora 
nutqiy matnlar yozish Demosfenni qoniqtirmaydi. U otashin vatan- 
parvar sifatida o'z ijtimoiy faoliyatini Vatan ravnaqi uchun sarflashni 
orzu qiladi. Yosh notiqning xalq oldidagi birinchi nutqi ayanchli 
holda: to'polon, kulgi, qiyqiriq, hushtak chalib masxaralash bilan 
qarshi olinadi. U o 'z nutqini tugatolmay minbardan tushishga majbur 
bo'ladi. Demosfen nutqining bunday ayanchli tugashi tabiiy edi, 
chunki uning tovushi juda past bo'lib, bir oz duduqlanar, “R” harfini 
talaffuz etolmas, qoldirab, mujmal gapirar edi. Bulardan tashqari, 
uning elkasini qimirlatib turadigan odati ham bo'lib, ko'pchilik 
orasida o'zini to'g'ri tuta bilmas edi.
Xalq majlislaridan birida Demosfen o'zini ikkinchi bor sinab 
ko'rdi. Lekin bu safar ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shundan 
so'ng Demosfen o 'z nutqidagi kamchiliklami boshqa takrorlamaslik 
uchun astoydil bosh qotiradi. Har kuni bir necha soatlab noto'g'ri 
talaffuz etayotgan so'zlari ustida qayta-qayta mashq qiladi. 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin