bilan Afina o'rtasida boshlanib ketgan urushda afinaliklar maqlub
bo'lib, barcha vatanparvarlar o'z yurtlaridan badarqa qilinadilar.
Faqat aristokrat boylargagina siyosiy va iqtisodiy huquqlar beriladi.
Demosfen sirtdan o'limga mahkum etiladi. Shundan so'ng u Kalavri
oroliga qochib borib, Poseydon ibodatxonasiga yashirinadi. O'sha
vaqtlarda ibodatxonaga qochib kirgan odamni, kim bo'lishidan qat'iy
nazar qamash yoki o'ldirish mumkin emas edi. Chunki u xudoning
panohi va himoyasida hisoblanar edi.
Dushmanlari Demosfenning yashiringan joyidan xabar topib, uni
tiriklayin qo'lga tushirishga harakat qiladilar. Ular notiqqa bo'lmaqur
va'dalarni berib, Antipatra huzuriga olib bormoqchi bo'ladilar.
Demosfen yovuz niyatni fahmlagach, uyga xat yozish bahonasi bilan
ibodatxonaning ichkarisiga kirib, zahar ichadi.
Buyuk notiq eramizdan oldingi 322 yilning 12 oktyabrida shu
tariqa dunyodan o' tadi.
Dostları ilə paylaş: