O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#148636
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati

To'ng'a” 
dostoni ham huddi Yunon va 
Rim notiqlari nutqlari matnlaridan badiiy ijod namunalari tug'ilib, 
shakllanib, taraqqiyotga yuz tutgani kabi bizda ham mavjud bo'lgan 
Notiqlik matnlarining mevasi bo'lsa-chi? Chunki hech bir xalq 
tarixida badiiy ijod o'z-o'zidan paydo bo'lmagan. Nutq sohasida 
bo'ladimi, notiqlik sohasida bo'ladimi, badiiy ijod sohasida bo'ladi- 
mi, avval ulaming og'zaki shakli namoyon bo'lgan. Aniqroqi yozma 
badiiy adabiyotdan oldin xalq og'zaki ijodi yaratilgan, keyinchalik
36


yozma adabiyot shu og'zaki ijod zaminidan o'sib chiqqan. Buni licch 
kirn inkor etmasa kerak?! Shu ma'noda bizda turon zaminida yaratil- 
gan 
“Alp Er To'ng'a” 
dostoni miloddan oldingi VII asrda paydo 
bo'lgan ekan. o'zbek notiqligi taiixi ham Yunon va Rim notiqligi 
tarixidan oldinroq yuzaga kelmaganjnikan, degan xulosaga olib kela­
di. Masalani ovdinlashtirish, albatta, tarixchi, tilshunos va adabiyot- 
shunos olimlarimizning dolzarb ilmiy izlanishlarini talab etadigan 
muammo. Shunday bo'lsada, hozircha bizda mavjud bo'lgan ma'lu- 
motlarga tayanib fikr yuritamiz. Bu o'rinda taniqli yozuvchi Primqul 
Qodirovning, G '.G'ulom nashriyotida 2005 yilda chop etilgan “Til 
va el” kitobi kengroq ma'lumot beradi. Turon zaminning miloddan 
oldingi turkiy lilda vozilgan 
“Alp Er To'ng'a” 
haqidagi doston hali 
atrofiicha taitlil etilgani yo'q.
Bu doston bizgacha To'liq etib kelrnagan. Uning besh yuz satrga 
yaqin ayrim parchalari Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u bi!ig” 
dostonida va Mahmud Qoshg'ariyning “Devonu lug'atit lurk” asari- 
da keltirilgan. Bu dostonga birinchi bo lib katta e'tibor bergan 
olimimiz, professor Abdurauf Fitrat edi. Uniiig “Eng eski turk adabi- 
yotming namunalari” deb atalgan va 1927 yilda nashr etilgan riso- 
lasida Alp Er To'ng'aga baqishlangan 40 satrli marsiya, lang'uglar 
bilan Alp Er To'ng aning j an gig a oid 32 salrli she'r, qish va yoz 
manzaralariga bag'ishlangan S6 satrli she'riy tasvirlarni adabiy 
tilimi/ning eng qadimgi namunalari deb baholanadi 1
Fitrat Alp Er To'ng'aga baqishlangan qadimiy doston parcha- 
larini Yusuf Xos Hojibning "Qatadqu bilig” dostonidan va Mahmud 
Qashg'ariyning “Devonu lug'atit turk’1 kitobidan olinganini ko'rsa- 
tib o'ladi. Moskvalik sharqshunos olima l.V.Stebleva ham “Devonu 
lug'atut turk”da keltirilgan Alp Er To'ng'aga bag'ishlangan 348 satr 
she'rni terib olib, ular orasidagi mantiqiy bog' lanishlarni topadi va 
ularni ining yillar davomida ko'p qismlari yo'qolib kelgan ulkan bir 
qahramonlik dostoninmg uzviy bo'laklati deb baholaydi.
37


. Bu olimlaming “Alp Er T o'ng'a” dostoniga- oid tadqiqotlarini 
yangi avlodga raansub adabiyotshunoslarimiz M.Ibrohimov va Sh. 
Xolmatovlar davom ettirdilar. Bu ishlaming yakuni sifatida Abdu- 
rashid Abdurahimovning so'zboshisi va tahriri bilan 1995 yilda “Alp 
Er T o'n g 'a yoki Afrosiyob jangnomasi” degan kitob nashr etildi.
Bu kitobning kirish qismida Alp Er To'ng'aga quyidagicha baho 
berildi: “Alp Er T o'ng'a miloddan aw algi VII asrda Turon davlati 
shakllanishiga asos solgan buyuk xoqondir... Eronliklar Alp xaqonni 
Afrosiyob deb ataganlar. Og'zaki va yozma adabiyotda Alp Er To'n- 
g'aning bahodirligini madh etuvchi katta doston yaratilgan. Doston 
qahramonlik mavzuida bo'lib, uning tiklanishi turkiy xalqlar dos- 
tonchiligi tarixini miloddan aw algi asrlardan boshlashga imkon 
beradi. Alp Er T o'n g 'a haqidagi she'riy dostondan kelib chiqqan 
holda adabiyotshunos olimlar bu qahramonga baho berishda tarix- 
chilarirnizga nisbatan ancha dadil fikr bildirmoqdalar.
Tarixichilarimiz Alp Er To'ng'aga oid to'liq ma'lumotlami 
tarixiy manbalardan topolmaganlari uchun ularda “Alp er T o'ng'a 
tarixiy shaxsmi yoki afsonaviy qahramonmi?” degan ikkilanishlar 
bor. Buning yana bir sababi, Firdavsiyning “Shohnoma” asarida 
Afrosiyob salbiy qahramon qilib ko'rsatilganligidir.
Buxoro tarixiga oid juda qimmatli ma'Iumotlar bergan Narshaxiy 
yozadi :”Afrosiyob Romtan (Romitan) shahrini bunyod qilgan. Rom- 
tan Buxorodan qadimiyroqdir. Afrosiyob har vaqt bu viloyatga kel- 
ganda Romtanda turgan, boshqa joyda turmagan. Forsiylaming 
kitoblarida aytilishicha, Afrosiyob ikki ming yil yashagan va jodugar 
bo'lgan, asli Nuhpayg'ambaming o'g'illaridan ekan. U o'zining 
Siyovush nomli kuyovini o'ldirgan. Siyovushning Kayxusrav nomli 
o 'g 'li bo'lib, otasining xunini talab qilib Afrosiyobni o'ldirdi. Afro- 
siyobning qabri Buxoroning M a'bad darvozasi yaqinidagi katta 
tepalik ustidadir.
38


Narshaxiv o'z nomidan keltirgan tarixiy faktlarda Afrosiyobning 
bunyodkor podshoh bo'lganini, Buxorodan ham qadimiyroq Romi- 
tanrii qurganligini, bu viloyatga kelganda doim shu Romitanda tur- 
ganligini, “Afrosiyob” nomi bilan bizgacha ctib kclgan tarixiy Romi- 
tan qal'asi o'z davrining podsholari turadigau poytaxt shahar bo'lga­
nini yozadi. Biz Buxoroning 2500 yillik to'yini o'tkazdik. Agar 
Romitan undan ham oldin qurilgan bo'lsa, demak, bu joyni qurdirgan 
Alp Er T o'ng'a - Afrosiyob miloddan oldingi ettinchi asrda yashab 
o'tganiga ishonish mumkin.
Narshaxiyning bu ma'lumotlari tarixiy asosga ega bo'lganini 
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u bilik,-da yozgan quyidagi satrlari 
tasdiqlaydi:

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin