ta'sir hamisha bo'lgan va bundan keyin ham bo'ladi. Shu asosda
jahon fani, qaysi sohada bo'lmasin bir-birini to'ldirib, boyitib boradi.
Sharqda, jumladan, Movarounnahrda badiiy, ilmiy ijodning
taraqqiyoti, shuningdek, va'zxonlik, “Qur'on”ni targ'ib qilish bilan
mushtarak holda so'zning ahamiyati, ma'nosi va undan maqsadga
muvofiq foydalanish borasida qadimdan ko'p yaxshi fikrlar aytilgan.
Vaz'xonlikning, balog'at (chechanlik), Notiqlik san'atining
o'suvi barobarida nutq oldiga qo'yilgan talablar mukammallashib
bordi. Buyuk allomalar Abu Rayhon Berunay, Abu Nasr Farobiy, Ibn
Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Qoshg'ariy, Zamax-
shariy, Abu Ya'qub Sakkokiy tilga, lug'atga, grammatika va mantiq-
shunoslikka bag'ishlangan asarlar yozdilar yoki boshqa sohalarga
doir asai larida bu mavzuga aloqador fikrlar bildirdilar.
Dostları ilə paylaş: