O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston


Kaykovus va uning “Qohusnoma” asari



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#148636
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   112
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati

Kaykovus va uning “Qohusnoma” asari
Amr Unsurulmaoliy Kaykovus Kaspiy dengizining janubiy 
qirg'og'idagi G'ilon qabilasiga mansub bo'lib, u hijriy 412-yilda, 
milodiy 1021-1022 yilda o'rtahol feodal oilasida tug'ildi. Kaykovus 
hayoti haqida keng ma'lumotlar bizgacha etib kelmagan. Undan 
bizga mashhur asari “Qobusnoma” etib kelgan. Kaykovus “Qobus- 
noma”ni hijriy 475 yilda, melodiy 1082-83 yilda yozadi. Bu haqda
51


muallif quyidagilami yozadi: “Sana 475da boshladim”, deydi. Bu 
Kaykovusning 63 yoshiga to 'g 'ri keladi. “XI asrning 82-83-yillarida 
Harbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus ibn Iskandar o 'z o'g'li 
Gilonshohga bag'ishlab “Nasihatnoma”sini yaratadi va o'sha davr 
an'anasiga ko'ra, uni bobosi podshoh Shams ul maoliy Qobus sha- 
rafiga “Qobusnoma” deb ataydi (Kaykovus “Qobusnoma” O'qituv- 
chi” 2006 y. 5-bet).
Qadimdan ma'lumki, Ulug' zotlar farzand tarbiyasiga jiddiy eti- 
bor berganlar. Shu bois Sharqda “Kalilla va Dinrna” nomi ila .mash­
hur bo'lgan “To'tinoma” (“Shukasaptati”), “Panchatantra” (“Besh 
hikmat”), Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u bilig” (“Baxt-saodatga 
boshlovchi bilim”), Muslihiddin Sadiyning “Guliston” va “Bo'ston”, 
Nosiriddin Rabg'uziyning “Qissai Rabg'uziy”, Alisher Navoiyning 
“Mahbubul-qulub” (“Ko'ngillarning sevgani”) kabi o'nlab asarlar 
borki, ular asrlar davomida tarbiyaviy dastur namunasi bo'lib kel- 
moqda. Bunday qimmatli asarlar ajdod-avlodlarimizni halollik, 
poklik, to'g'rilik, mardlik, odamiylik kabi hislatlarga chorlab kelgan. 
Shular orasida Kaykovusning “Qobusnoma” asarining ham o 'z o'rni 
bor. Unda bitilgan kichik rivoyat va hikoyatlar, kitobning yanada 
chiroyiga-chiroy qo'shib, kitobxon ongini charxlashga xizmat qiladi.
“Qobusnoma”ning asosiy yo'nalishi Quroni karim suralari, 
Muhammad (s.a.v) ning faoliyati va ko'rsatmalarini ifodalovchi 
hadislar, hikmatli hikoyalar bilan uyg'unlashib ketadi. Aniqrog'i, 
“Parvardigori olamni tanimoq zikrida”, “Payg'ambarlaming xilqati 
zikrida” boblari bilan boshlanadi.
“Qobusnoma” 44 bobdan iborat bo'lib, unda Kaykovus o'zining 
hayotiy tajribalari bilan o 'g 'li Gilonshohni tarbiyalashni maqsad 
qiladi. Kaykovus o'z o 'g 'liga nasihat qilar ekan, aslo zulm otiga mi- 
nmaslikka da'vat etadi (“Qobusnoma” T.O'qituvchi” 2006 y. 13 bet). 
Kitobdagi barcha pand-nasihatlarini o 'g 'li uchun bebaho meros deb

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin