Har nuqtaning makoni Hofiz Sheroziy. So'z bilan bo'lup bu olam pay do, So'z bilan bo'lup bu odam paydo. Muhammad Solih. Men, aql barkamoUigi nuqtai nazaridan qaraganimda, so'zdan mo'tabarroq va qalbimdan buyukroq hech narsa topmadim. Chunki undan afzalroq biror narsa, bo'lganida edi, haq taolo payg'ambarga (s.a.v) o'sha narsa bilan murojaat qilgan bo'lardi. Umar Xayyom “Navro'znoma ” kitobi Agar bo'lsang ipak kabi muloyim, Muloyim sen bo'lsang, quling bo'lay in. Qulog'imga bergan ponding olayin, Kishiga qattiq so'z aytuvchi bo'lma. Oqmasdan qolmaydi bir oqqan ariq, Bir tanda odam goh semiz, goh oriq. Bir yuzi qoradir, bir yuzi yorug', Qora deb qattiq so'z aytuvchi bo'lma... Maxtumquli. So'z qolip, fikr uning ichiga quyilgan g'isht bo'lsin. A. Qodiriy. 102
Notiq uchun 41 qoida Yuqorida ko'rganimizdek, har qanday shaxs shoir yoki yozuvchi, aktyor yohud rassom bo'lolmaganidek, mohir notiq ham bo'lolmas- ligi mumkin. Lekin «izlanganga tole yor», deganlaridek, sidqidildan intilgan shaxs bunday mavqeni egallashi mumkin. Quyidagi qoidalarga amal qilinsa, notiq zarar ko'rmaydi: 1. Nutqingiz rejasi varaqning birinchi betiga yozilsin. Rejani bir necha varaqqa yozmang, adashib ketasiz. 2. Ommabop yo'sinda so'zlanayotgan muayyan nutqingiz taxmi- nan o'ylangan va tayyorlangan bo'lishiga erishing. 3. Tajribali notiqgina o'zining ommabop nutqini o'z tajribasiga