Horun ar-Rashid yurak- bag'ri ezilib, sovuqnafas muabbirni yuz darra uringlar, deb buyuribdi. Ertasiga boshqa ta'birchini chaqirib, tushining ma'nosini so'rabdi: - Ey, amir - al-mo'minin, Alloh sizga uzoq-umr, katta davlat bergan, siz qarindosh avlodlaringizdan ko'ra uzoq umr ko'rar ekan- siz, - debdi. Bu gapdan Horun sevinib: - Ikkalasi ham bir gapni aytdi, ammo bunisi fikrini odob bilan, chiroyli iboralar topib aytgani uchun yuz dinor mukofotga sazovor bo'ldi, birinchisi qo'pol so'zlar aytib yuz darra edi” - degan ekan. Demak, har qanday yomon xabarni ham aql farosat bilan yum- shoq qilib etkazishga hamisha ajdodlarimiz amal qilishgan. Ba'zan oddiy gapni ham “tomdan tarasha tushganday” qilib etkazish orqali har qanday odamni dovdiratib qo'yish hollari muomala madaniyatini bilmaslikdan kelib chiqadi. O'zbek xalqining qadimiy udumlariga ko'ra, chaqaloq tug'ilgandan bir hafta o'tar o'tmas uning qulog'iga azon aytiladi. Chaqaloq vujudiga ilk bor yaratganning nomi, musul- mon ohanglari kirib borarkan, bola tarbiyasi xuddi shu damlardan boshlanadi. Ohang - so'z va gapning libosi. V.G.Belinskiy: "Gap so'zda emas, ohangda qaysi so'zning qanday talaffuz etilishida’ - deydi. *)8
Ohang gapning mazmunini butunlay o'zgartirib yuborishi mumkin. Afandining “Siz ahmoq, odam em assiz” deya uzr so'ragani kabi. Bolangizga ertalab “Turaqoling, o'g'lim !” degan jumlangizga, o'g'lin giz (buyruq, taklif, iltimos, yolvorish yoki yalinish) ohangiga qarab munosabat bildiradi. Agar buyruq ohangida aytadigan bo'lsan- giz, bolangiz sizni “nimaga baqirasiz?” - deb jerkib soladi. Demak, bu muomala madaniyatini o'm iga qo'ya olmaslik oqibati. Ham