114
farmatsevtika korxonalari va tashkilotlari, sanitariya-profilaktika muassasalari, tez tibbiy
yordam xizmati, sud-tibbiyot ekspertizasi tashkilotlari kiradi.
Davlat tashkilotlari markaziy va mahalliy byudjet hisobidan moliya bilan
ta’minlanadi. Bu tashkilotlarda-bepul tibbiy xizmat ko’rsatiladi. Davlat korxonalari va
tashkilotlari tomonidan yaratilgan hamda moliya bilan ta’minlanadigan
tibbiy muassasalar ham
shu guruhga kiritiladi.
Xususiy tibbiyot muassasalari tizimi tarkibiga davolash-profilaktika, apteka
muassasalari, tibbiyot va farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar,
shuningdek,
yakka tartibda tibbiy yoki farmatsevtik faoliyat bilan band bo’lgan jismoniy
shaxslar kiradi.
Sog’liqni saqlash sohasida barcha muassasa va tashkilotlarning, shu bilan bir vaqtda
jismoniy shaxslarning faoliyati davlat tomonidan qat’iy belgilanadi va nazorat qilinadi.
Tibbiy
xizmat bilan bog’liq faoliyat olib borish uchun maxsus davlat litsenziyasiga ega bo’lish
lozim.
Mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan 2011 yilda
tasdiqlangan “
Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-
tadbirlari” to’g’risida maxsus dastur qabul qilindi. Bu dastur respublika hududlarida turli
mulkchilik shakliga asoslangan tibbiy muassasalar tarmog’ini kengaytirish va sog’liqni saqlash
tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni ko’zda tutadi. Bu respublika aholisiga
zaruriy tibbiy yordam ko’rsatishning yaxlit tashkiliy tuzilmasi yaratildi.
Dostları ilə paylaş: