O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə126/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

Xususiy moliyalashtirish printsipiga asosan, shaxsiy amaliyotchi vrachlar, nodavlat
davolash profilaktika tashkilotlari, homila-dorlarga va tug’adigan ayollarga tibbiy yordam
ko’rsatuvchi ayrim xususiylashtirilgan muassasalar ish yuritadi. Sug’urta kompaniyalarining
maqsadli pul o’tkazmasi, yuridik va jismoniy shaxslarning xizmat xaqini to’lashi tibbiy xizmat
ko’rsatuvchi nodavlat muassasalarining moliyaviy ta’minot manbai hisoblanadi.
Yalpi xarajatlar tarkibida sog’liqni saqlash tizimidagi harajatlar 10 % dan 13% ga
ko’paydi.
¬Sog’liqni saqlash ishini takomillashtirish va «detsentralizatsiya» yo’li bilan boshqarishni
tashkil etish; Boshqarish va taqsimlash funktsiyalarini pastki-quyi bo’g’inga zvenoga berish;
Sog’liqni saqlash vazirligi boshqarishning oliy organi sifatida sog’liqni saqlashning strategik
masalalarini hal qilish bilan shug’ullanishi lozim.
¬Respublikada sog’liqni saqlashni isloh, qilishning muhim muammolaridan bo’lib bu
majburiy tibbiy sug’urtalashga o’tish masalasidir. Ma’lumki, ko’pchilik rivojlangan davlatlarda
tibbiy sug’urtalash o’z samarasini ko’rsatgan. O’zbekistonda bu masalani hal qilishda shoshma-
shosharlikka yo’l qo’ymasdan aholini iqtisodiy, demografik, tarixan vujudga kelgan urf-odatlarni
e’tiborga olish lozim.
Tibbiy sug’urtalash mexanizmini amalda qo’llashni ta’minlash maqsadida Davlat fondi
tashkil etilgan. SHuningdek, ixtiyoriy tibbiy sug’urtalash bilan shug’ullanuvchi xususiy fondlar
shakllantirildi, davlat nazorati ostida faoliyat yuritayotgan boshqa sug’urta tashkilotlariga tibbiy
sug’urtalash bilan shug’ullanishga ruxsat berildi.
¬ Sog’liqni saqlash sohasida nodavlat tashkilotlarning shakllanishi va rivojlanishini
qo’llab-quvvatlash maqsadida davlatimiz yangi tashkil topgan xususiy tibbiy
muassasalarni ikki yil muddatga barcha turdagi soliqlardan ozod etdi.
Respublikada xususiy tibbiy muassasalarni shakllantirish mavjud davolash-profilaktika
tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish hisobiga ham amalga oshirilmoqda.
Xususiylashtirishga tender asosida aktsiyalar savdosi orqali yoki keyinchalik sotib olish sharti
bilan uzoq muddatli ijaraga berish yo’li bilan erishilmoqda. Xususiylashtirishning asosiy
shartlaridan biri, davlat tomonidan belgilangan va kafolatlangan bepul tibbiy yordam ko’rsatishni
ta’minlashdan iborat. Bu degan so’z, tibbiy muassasalar xususiylashtirilishi oqibatida xuddi shu
hududda istiqomat qiluvchi aholi kafolatlangan tibbiy yordamga muhtoj bo’lib qolmaydi.


116


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin