O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


Sog’liqni saqlash tizimining rivoji



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə129/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

Sog’liqni saqlash tizimining rivoji sifatida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2012-2015 yillarda ta’lim va
tibbiyot muassalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash
jamg’armasining mablag’lari hisobiga tibbiyot muassasalari qurish rekonstruktsiya qilish va
mukammal ta’mirlash dasturlarini shakllantirish masalalari ijobiy hal qilinishi ko’zda
tutilmoqda.
2012 yilda ushbu jamg’arma mablag’lari hisobidan 154 ta tibbiyot muassasasini qurish va
rekonstruktsiya qilishga 255 mlrd.so’mdan ortiq mablag’ yo’naltirish, 7,5 ming o’ringa
mo’ljallangan shifoxonalarniva 1 smenada 11 ming kishini qabul qila oladigan ambulatoriya-
poliklinika ob’ektlarini foydalanishga topshirish imkonini berdi. Tibbiyot muassasalarini
zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun jamg’arma tomonidan 8
mlrd.so’mdan ortiq mablag’ ajratildi.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, reproduktiv salomatlikni ta’minlash bo’yicha O’zbek
modeli BMT tomonidan SHarqiy Yevropa, Boltiqbo’yi va MDH uchun “eng yaxshi mintaqaviy
dastur” sifatida tavsiya etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 sentyabrdagi PF-3923sonli
Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish
davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari to’g’risi”gi farmonida berilgan
soliq va bojxona imtiyozlari 2018 yil yanvarigacha uzaytirildi.
7.4. Uy-joy kommunal xo’jaligini isloh qilish.
Kommunal xo’jaligi – uy-joy xo’jaligiga xizmat ko’rsatish, uni asrash, suv ta’minoti va
kanalizatsiya, issiqlik va gaz ta’minoti, aholi yashaydigan joylarni tozalash bilan shug’ullanuvchi
sanitariya-texnika tashkilotlari, elektr, gaz va taqsimlovchi tarmoqlar, shahar xo’jaligini
obodonlashtirish, sanoat, ta’mirlash-qurilish, loyihalash korxonalari, tashkilotlari va boshqalarni
o’z ichiga oladigan ko’p tarmoqli sohalar yig’indisidir.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotiga o’tgungacha respublikada kommunal xizmat ko’rsatishni
kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi va uning tegishli viloyatlar, shahar, tuman, bo’g’inlari
amalga oshirar edi. Ularning faoliyat doirasi shahar va shaharchalar, tuman markazlari bilan
chegaralanar edi. Ayrim shahar va shaharchalarda, qishloq joylarda kommunal xizmat
ko’rsatishni qishloq xo’jaligi, yirik sanoat korxonalari va tashkilotlari ham amalga oshirar edi.
Respublika kommunal xo’jaligida umumiy quvvati bir kecha-kunduzda 6,3 mln. m
3
ichimlik suvni olish quvvatiga ega bo’lgan inshotlar, 16238 km uzunlikdagi suv o’tkazgich
shaxobchalari va suv o’tkazgichlar, bir kecha-kunduzda umumiy quvvati 3,4 mln. m
3
chiqindi
suvlarini tozalash kuchiga ega bo’lgan inshootlar, 5114 km kollektorlar va kanalizatsiya
shaxobchalari, 3671 km issiqlik tarmog’i, 16 gaz to’ldiruvchi stantsiya va 72 ming km.dan ortiq
gaz shaxobchalaridan foydalaniladi. Yiliga iste’molchilarga 2,1 mlrd. m
3
ichimlik suv, 36,5
mlrd. m
3
dan ziyod tabbiy gaz yetkazib beriladi.
Mustaqillik yilliklarida O’zbekistonda kommunal xo’jaligi yirik sohaga aylandi, sanoat
ishlab chiqarishining rivoji va aholining tez o’sishiga bog’liq xolda ildam sur’atlar bilan


119
rivojlandi. Qishloq joylarida aholi yashaydigan joylarni obod qilishda loyihalash ishlari yo’lga


qo’yildi, shaharchalar, ko’plab eksperimental agroshaharlar qurildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 15 iyuldagi ”O’zbekiston

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin