O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


Respublikasida kommunal xizmat ko’rsatishni boshqarishni takomillashtirish



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə130/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

Respublikasida kommunal xizmat ko’rsatishni boshqarishni takomillashtirish
to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy kommunal xo’jaligi
va undan foydalanish birlashmalari barpo etildi. 1996 yilning boshidan boshlab Respublika
Kommunal xizmat ko’rsatish vizirligi tizimida ko’pgina korxona va inshoot xususiylashtirildi,
kommunal xizmat ko’rsatish korxonalari negizida 20 aktsiyadorlik jamiyati barpo etildi. Hozirgi
vaqtda uy-joy komunal xo’jaligida 391,7 ming kishi faoliyat yuritayapti. Bu mehnatga qobiliyatli
bo’lgan aholining 3,4%ni tashkil qiladi.
Respublika uy-joy fondi jamoat, uy-qurilish kooperativlari, davlat, fuqarolarning shaxsiy
mulki bo’lgan uy-joylarni o’z ichiga oladi. 20-asrning 20-yillari boshlaridan O’zbekistonda
davlat yo’li bilan uy-joy binolari qurila boshlandi. SHahar va qishloqlarda zamonaviy
yevropacha andozadagi binolar qad ko’tardi. Keyinchalik aholi turar joylarini yaxshilash uchun
ko’plab mablag’lar sarflandi. Respublikada shaxsiy uy-joy qurilishning xissasi katta. Jami uy-joy
fondi 300,0 mln. m
2
dan oshiq bo’lib, uning 42,6% shaharlarda joylashgan. SHahar uy-joy fondi
marakazlashtirilgan suv ta’minoti bilan 75%, kanalizatsiya bilan 56,9%, markazlashtirilgan
isitish bilan 62,6%, gaz bilan 92,3% ta’minlangan, uy-joylarning 60,4% vannaxonalar bilan
jihozlangan. 2012 yilda respublikada 9,3 mln kvadrat metr, shu jumladan qishloq joylarida 7,2
mln kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirilgan.
O’zbekiston Respublikasining ”Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida” gi
Qonuniga ko’ra respublikada davlat uy-joy fondini xususiylashtirish asosan tugallandi. Davlat
uy-joy fondining qariyb 99,0% fuqarolariga xususiy mulk qilib berildi. Umumiy maydoni 57
mln. m
2
bo’lgan 990,6 ming kvartira arzon baholarda, shu jumladan, 18,87 mln. m
2
bo’lgan
318,7 ming kvartira bepul (madaniyat, maorif, sog’liqni saqlash xodimlariga) xususiy mulk qilib
berildi.
SHahar, shaharcha va tuman markazlarida aholini suv bilan ta’minlash, shuningdek,
ichimlik suvining sifatini yaxshilash maqsadida sutkasiga 381 ming m
3
ichimlik suvi yetkazib
beradigan vodoprovod shaxobchalari qurilib ishga tushirildi, 90-yillarda Tuyamo’yin-Urganch,
Tuyamuyin-Nukus, Uchqurg’on-Namangan, Damxo’ja va boshqa suv quvirlari foydalinishga
topshirildi. Respublikada vodoprovod tizimining umumiy quvvati bir kecha-kunduzda 12,0 mln.
m
3
, ko’cha vodoprovodlari yakka tarmog’i uzunligi 36231,5 km ga yetdi. Aholi jon boshi
hisobiga bir kecha-kunduzda iste’mol qilinadigan suv shaharlarda 536,0 l va qishloqlarda 240,0 l
ni tashkil etdi.
Uy-joylarni obodonlashtirishda kanalizatsiya muhim ahamiyatga ega. O’zbekistonda
arxeologik qazilmalar davrida ayrim yirik shaharlarda (Samarqanddagi Afrosiyob qal’asi,
Toshkentdagi Qoratosh hammomi xarobasidan) sopol quvurli kanalizatsiya qoldig’i topilgan.
Aholi asosan kir o’ralar, xandaqlardan foydalangan. Kanalizatsiya-tozalash inshootlarining bir
kecha-kunduzdagi quvvati esa 4,0 mln. m
3
dan oshiqni tashkil etadi. Kanalizatsiya-sanitariya
inshootlari orqali 1,39 mlrd. m
3
oqava suv o’tkaziladi.
Mustaqillik yillarida respublika shahar va ayniqsa qishloqlarini gazlashtirish ustivor

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin