O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org
VIII BOB. Iqtisodiyotni muvofiqlashtirishda davlatning roli.
Reja: § 1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va zaruriyati § 2. Milliy iqtisoliyotni boshqaruv tizimi, tarkibi va uningn vazifalari 8.1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va zaruriyati Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlardagi rejalashtirish va iqtisodiyotni
tartibga solish tajribasi shuni ko’rsatayaptiki bu mexanizmlar orqali davlat jamiyatni sotsial-iqtisodiy stabilligini, makroproportsiyani tashkil qilishni,
iqtisodiyotni dinamik rivojlantirishni ta’minlaydigan asosiy omillarni o’z qo’lida
ushlab turadi.
Har bir mamlakatda qarama-qarshi manfaatlarni, turli xil kuchlarni
birlashtiradigan, jamiyatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadigan va amalga
oshiradigan davlatni roli beqiyosdir. Bu umumiy qoidani mensimaslik og’ir
oqibatlarni olib kelishi mumkin. Xususan, iqtisoddagi uzulishlar, makroiqtisodiy
proportsiyalarni va mikroiqtisodiy bog’liqliklarni buzilishi, moliya, baho
tizimidagi va hokazolardagi vujudga kelishi mumkin bo’lgan muammolar, shular
jumlasidandir. SHuning uchun ham O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning
besh tamoyilidan biri qilib respublikaning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy
rivojlanishida davlat asosiy reformator-islohatchi qilib belgilangan. Davlatning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati quyidagichadir: 1. Davlat iqtisodiyotni tartibga solib turuvchi sub’ekt hisoblanadi.
2. Davlat soliq, subsidiya, litsenziya, boj to’lovlari kabi vositalar bilan
iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatadi. Davlatning qo’lida katta moliyaviy resurslar
to’planadi.
3. Davlat siyosiy hokimiyatga ega bo’lgan alohida sub’ektdir. U o’z izmini
boshqa sub’ektlarga o’tkazadi. Uning organlari beradigan buyruq va
farmoyishlar barcha iqtisodiy sub’ektlar uchun majburiy hisoblanadi.
Ayrim tadbirkor, ishchi yoki xizmatchi, firma, korporatsiya yoki fermer
xo’jaligi faqat o’zining manfaatini ko’zlab faoliyat ko’rsatadi, davlat esa yakka
yoki guruhiy manfaatlarni yagonalikka birlashtiruvchi va hammaning umumiy
manfaatini ifodalovchi kuch hisoblanadi. Davlat mulk sohibi, ammo uning
iqtisodiyot uchun ahamiyati iqtisodiy faoliyatni tartiblay olishidan kelib chiqadi.
Gap shundaki, iqtisodiyot bir maromda rivojlanib borishi uchun uning turli
tarmoqlari bir-biriga mutanosib bo’lishi, bir-biriga bog’lanib, bir-birini to’ldirib
turishi talab qilinadi. Buni ta’minlashning asosiy vositasi – bozor mexanizmidir. Agar bozor mexanizmi iqtisodiyotni nuqsonsiz tartiblab turganida edi, tanglik va
iqtisodiy beqarorlik hech yuz bermagan bo’lar edi. Holbuki, bozor iqtisodiyoti
mamlakatlarida tanglik va inqirozlar uchrab turadigan hodisalardir. Demak, bozor