O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


mexanizmi muvozanatni to’la-to’kis va nuqsonsiz ta’minlay olmaydi, shu



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə139/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

mexanizmi muvozanatni to’la-to’kis va nuqsonsiz ta’minlay olmaydi, shu
sababdan davlat iqtisodiyotni albatta tartiblashi lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy (sotsial) tengsizlik ya’ni boylar va
qambag’allar mavjud. Ularning o’rtasida nizo chiqmasligi uchun davlat aholining
nochor qatlamlariga ijtimoiy yordam berishdek vazifani o’z zimmasiga olishi kerak


127
bo’ladi. Jamiyatda hamma bahramand bo’ladigan xizmatlar bor. Ular


jumlasiga umumiy ta’lim, sog’liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish,
mamlakat xavfsizligini ta’minlash, yurtni obod qilish, ijtimoiy tartibni saqlash
va boshqalar kiradi. Bu sohalar g’oyat serxarajat, lekin bevosita foyda olish
imkonini bermaydi. SHu sababli ularga firmalar qo’l urmaydi. Bu ish hammaga
zarur bo’lgani uchun mazkur sohalarni davlat o’z qo’liga oladi. Demak, davlat
iqtisodiy vazifani bajarishi turgan gap.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvini o’z me’yori bor. Iqtisodiyot muttasil
o’sib borayotgan sharoitda davlat bozor mexanizmiga xalaqit bermaslik uchun
iqtisodiyotga kamroq aralashadi. Bozor mexanizmi yaxshi ish bermay, iqtisodiy
qiyinchiliklar kuchaygan sharoitda davlat iqtisodiyotga faolroq aralashadi va uning
tanglikdan chiqib, yaxshi ishlab ketishiga ko’maklashadi. Masalan, o’tgan asrning
50-70 yillarida g’arb mamlakatlarida iqtisodiy inqirozlar tez-tez bo’lib turganda
davlat iqtisodiyotga o’z siyosati bilan faol aralashgan. 80-yillarning o’rtalaridan
boshlab bozor mexanizmi yaxshi ishlab ketganligi uchun davlat iqtisodiyotga
kamroq aralashish yo’liga o’tdi.
Davlatning iqtisodiyot uchun ahamiyati uning tartiblab turuvchi kuch
bo’lishi bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish quyidagi qoidalarga
asoslanadi:
a) Davlat iqtisodiyotni tartiblaganda umumjamiyat manfaatlarini ko’zlashi,
umumiqtisodiy ahamiyatga molik chora-tadbirlarni qo’llab-quvvatlashi lozim;
b) Iqtisodiyotni tartiblashda davlat ma’muriy vositalardan emas, balki xilma-
xil iqtisodiy vositalar majmuidan foydalanishi zarur;
v) Davlat tadbirkorlar bilan raqobatlashmasligi, balki ularning erkin o’zaro
raqobat qilishlari uchun sharoit yaratishi talab qilinadi, davlat raqobat
kurashining bevosita ishtirokchisi emas, balki uning oliy hakami vazifasini
bajaradi;
g) Davlat siyosati mamlakatda ijtimoiy barqarorlik, xotirjamlik, hamkorlik va
hamjihatlikni ta’minlash orqali iqtisodiy o’sish va ommaviy farovonlikni
ta’minlashga qaratilishi kerak.
Mazkur tamoyillar umumiy, lekin ular turli mamlakatlarda har xil darajada
amalga oshiriladi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin