O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


Subsidiya davlat tomonidan aniq maqsad yo’lida ishlatish uchun qaytarib



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə142/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

Subsidiya davlat tomonidan aniq maqsad yo’lida ishlatish uchun qaytarib
olmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’idir.
Subsidiyalar iqtisodiyotni devirsifikatsiyalash (tarkiban o’zgartirish), eksport-
importni muvozanatlashtirib turish, innovatsiya, (yangilikni o’zlashtirish) ishlarini
yo’lga qo’yish, ayrim hududlarga yordam berish,. Konversiya (harbiy ishlab
chiqarishdan xalqqa kerakli tovar ishlab chiqarishga o’tish) maqsadlarida ajratiladi.
Aytilgan ishlar serxarajat bo’lganidan subsidiya xarajatlarni butunlay yoki qisman
qoplash uchun beriladi. Masalan, devirsifikatsiya katta joriy sarflarni talab qiladi,
shu bois ularni qoplash davlat subsidiyasi ham ishtirok etadi. Subsidiyalar
eksportni qisqartirish yoki to’xtatib turish uchun ham ishlatiladi. Jahon bozoridagi
narxni ushlab turish uchun bozorga qo’shimcha tovarlarni chiqarmaslik zarur
bo’lganda, davlat o’z tovarlarini zaxiraga o’tkazib turgan firmalarga subsidiya
berib, tovarlarni saqlab turish xarajatlarini qoplaydi. Subsidiyalar milliy sanoatni
o’stirish uchun ham beriladi. Tashqaridan xom ashyo kiritib, tashqariga tayyor
maxsulot chiqaruvchi korxonalar ham subsidiyadan bahramand bo’ladilar.
Davlat texnika yangiliklarini joriy etish, resurslarni tejash, atrof-muhitni
muhofaza qilish, resurslarni iqtisodiyoti sust rivojlangan hududlarga joylashtirish,
eksport potentsialini oshirish dasturlarini ishlab chiqadi. Bu dasturlarda davlat
tavsiyalariga binoan ish tutgan korxonalar davlatdan subsidiya oladilar.
Davlat milliy iqtisodiy chegaralarni belgilaydi, iqtisodiy chegara vazifasini
esa milliy pul va bojxona to’lovlari, ya’ni boj puli bajaradi. Davlat milliy
valyutani mamlakat hududidagi yagona va tanho to’lov vositasi sifatida kiritadi.
Mamlakat ichidagi tovar va xizmatlarni faqat shu pulga olish mumkin, bu bilan


130
milliy bozor himoya qilinadi. SHunday vazifani O’zbekiston Respublikasi puli –


so’m ham o’taydi.
Davlat iqtisodiy o’sish uchun ahamiyatli, lekin serxarajat ishlarni o’zi hisobidan
moliyalashtiradi.
SHu boisdan davlat iflyatsiyani iloji boricha me’yoriy darajaga pasaytirishga
qaratilgan siyosat olib boradi. Inflyatsiyaga qarshi tadbirlar ikki yo’nalishda

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin