47
Xalq xo’jaligini bu tartibda guruhlash iqtisodiyotni ma’muriy buyruq bilan
boshqarish sharoitida vujudga kelgan bo’lib, haddan tashqari markazlashgan
rejalashtirish uslubiga asoslangan edi. Bunday tasnif bozor iqtisodiyoti talablariga
javob bera olmaydi. CHunki unga asoslanib:
§ noishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan ijtimoiy qiymatni aniqlash;
§ tarmoqlarni mulk shakllariga ajratib o’rganish;
§ tadbirkorlikning
yangi strukturasiga oid ko’pgina ko’rsatkichlarni
aniqlash imkoniyati bo’lmaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalq xo’jaligining ikki sohasidagi chegara
yo’qoladi, yangi turli-tuman mulkiy tizim vujudga keladi. Natijada, t
urli mulk
shakllari ko’rinishida bozor iqtisodiyotining quyidagi
sub’ektlari shakllanadi:
§ Iqtisodiy mustaqil
mulk egasi, ya’ni iste’molchi bo’lgan ayrim kishilar
yoki guruhlar. Bularga odatda yollanib ishlovchilar, yer egalari, kapital
sohiblari, ishlab chiqarish vositasi egalari kiradi. Ular tadbirkorlik qilmay,
o’z mulkidan daromad topadi yoki yollanib ishlaydi.
§ Firma, korxona, xo’jaliklar va ularda band bo’lgan
tadbirkorlar. Ular
foyda olish yo’lida mustaqil ish yuritadilar, ishlab chiqarish omillarini
ishga soladilar.
§
Davlatning barcha mahkama-idora tashkilotlari. Ular ham ishlab
chiqarish, ham iste’mol bilan shug’ullanadilar, bozor va unda
qatnashuvchilar faoliyati ustidan nazorat qiladilar.
Bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari o’zaro aloqaga kirishadilar. Ishchi kuchi,
yer, kapital va boshqa vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadi. Ular o’z
navbatida ishlab chiqarish omillaridan foydalanib tovar ishlab chiqaradilar va
xizmatlar ko’rsatadilar.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining
1993 yilda qabul qilingan MSTining 3-
Dostları ilə paylaş: