O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə42/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

Lokalizatsiya bu – mamlakat hududida mahalliy xom ashyo asosida mahsulot ishlab chiqarishni
yo’lga qo’yish.
Lokalizatsiya qo’yidagi jihatlari bilan ahamiyatlidir:
Iqtisodiy jihatdan lokalizatsiya– mamlakat hududlarida ishlab chiqarish salohiyatini oshirish,
aholi bandligini ta’minlash, import o’rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirish,
mahalliy byudjetga soliq tushumlarini ko’payish kabilarga imkoniyat yaratib beradi;
Siyosiy jihatdan lokalizatsiya – davlat tadbirkorlar, xorijiy investorlarga turli xil imtiyozlarni
berish asosida ishlab chiqilgan maxsus dastur miqyosida mahalliy resurslardan samarali
foydalanilgan holda ichki talab mahsulotlarni ishlab chiqishni rag’batlantiradi.
Texnik va texnologik jihatdan lokalizatsiya – iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida
mahalliy xom ashyoni ishlab chiqarishga jalb etish maqsadida yangi texnika va texnologiyalarni
joriy qilish kasbiy malakani oshirish imkoniyatini beradi.
Kasbiy jihatdan mamlakat hududlarida lokalizatsiya asosida yangi ishlab chiqarishni yo’lga
qo’yish, mahalliy ishchi kuchini kasbiy mahoratini oshirish, ularni ilg’or texnologiyalar bilan
ishlash ko’nikmalarini shakllantirish, koorporativ boshqaruv buyicha malaka oshirish
imkoniyatini beradi
15
.
O’zbekistonda lokalizatsiyalashtirishni tashkil etishda 2012 yil uchun dastur ishlab
chiqilgan dastur bo’yicha 830 dan ortiq loyiha amalga oshirildi.
Mahalliylashtirish dasturi asosida amalga oshirilgan texnik va texnologik yangilanishlar tufayli
Jizzax viloyatidagi “Evroaziya Karpet”korxonasi ishga tushdi. Mahalliy xom ashyodan
foydalanish darajasi 56,2% ga yetdi. Korxonada chetga sarflanayotgan valyutani tejash hisobiga
mahsulot tannarxi 30% gacha kamaydi. Germaniya, Belьgiya davlatlaridan keltirilgan
texnologiyalar yordamida ishlab chiqariladigan gilamlar raqobatbardoshliligi bilan ajralib
turibdi. Ma’lumki, keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari davom etayotgan ayni paytda sifatli va
arzon qurilish materiallariga bo’lgan talab oshib bormoqda. Prezidentimizning 2009 yil 19
iyunda qabul qilgan “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni ko’paytirishni rag’batlantirish va
sifatini yaxshilash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga ko’ra Navoiy
viloyati Xatirchi tumanida “Navoiyqishloqqurilishservis” MCHJ tomonidan g’isht zavodi ishga
tushdi. Korxona zamonaviy texnologiya asosida yiliga 20 mln. dona pishiq g’isht ishlab
chiqarish quvvatiga ega. Korxonada 65 ish o’rni yaratildi.Ma’lum bo’lishicha hududdagi tuproq
pishiq g’isht tayyorlash uchun yaroqsiz hisoblanadi, lekin zamonaviy texnologiya yordamida bu
muammoni hal etish mumkin ekan. Tuproqdan namlik so’rib olinib, qattiq bosimda zichlanadi va
o’ta mustahkam, pishiq g’isht tayyorlanadi. Davlatimiz rahbarining 2010 yil 23 martda qabul
qilgan “2010 yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va
materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi to’g’risida”gi qaroriga ko’ra
“O’zkimyosanoat DAK tizimidagi “Maksam-CHirchiq”, “Jizzax plastmassa”,”Navoiyazot”
ochiq aktsiyadorlik jamiyati korxonalarida magniy sulьfat, kaliy nitrat, kaliy o’g’iti, diametri 630
mm bo’lgan polietilen quvurlarni o’lchovchi uskunalar, mahalliylashtirish dasturi asosida esa
147,7 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda
Dastur samaradorligini oshirish maqsadida turli xil imtiyozlar o’rnatilgan. Xususan,
lokalizatsiyalashtirish doirasida loyihalarni amalga oshirayotgan korxonalar:
-
daromad solig’i;
-
yagona soliq to’lovi;
-
mulk solig’idan, shuningdek ishlab chiqarishni lokalizatsiyalashtirish maqsadida keltirilayotgan
jihozlar, texnologiyalar boj to’lovlaridan ozod qilinadi.
15
Вазьянский А.М Локализация производство как одно из условий развитья социально – экономических
систем. avazyans@rambler.ru


42


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin