61
To’rtinchi ustuvor yo’nalish - bu inson huquqlari va erkinliklarini so’z
va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkorolikni, jamiyatda o’tkazilayotgan
islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni so’zda yoki
qog’ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir.
Ommaviy axborot vositalari tom ma’noda «to’rtinchi hokimiyat» darajasiga
ko’tarilishi lozim.
Beshinchi ustuvor yo’nalish - fuqarolik jamiyatini shakllantirishning
muhim sharti bo’lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat
tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki
boshqacha qilib aytganda, bu- “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” degan
tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir. Bu yo’nalish ijtimoiy iqtisodiy
jarayonlar bilan bog’liq ko’p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini
kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-boqich jamoa tashkilotlariga o’tkaza
borishni taqozo etadi.
Buning uchun avvalambor davlatning iqtisodiy sohaga, xo’jalik yurutuvchi
tuzilmalar, birinchi galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim.
Hayotimizni erkinlashtirish yo’nalishlarining yana bir muhim yo’li
Dostları ilə paylaş: