O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə62/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat
hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borishni ta’minlashdir.
Oltinchi ustuvor yo’nalish - bu sud-huquq sohasini isloh qilish bo’yicha
boshlangan ishlarni izchil davom ettirish. Sudlar tom ma’noda mustaqil bo’lgan
holdagina qonunlarning qat’iy ijrosi va ularning haqiqiy ustuvorligi so’zsiz
ta’minlanadi.
Ettinchi ustuvor vazifa-bu barcha islohotlarimizning bosh yo’nalish va
samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va
me’zonidir.
Bu-demografik va boshqa milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda kuchli
ijtimoiy siyosat olib borish demakdir.
Ijtimoiy infratuzilmani ta’lim va sog’liqni saqlash sohalarini yanada
rivojlantirish, nafaqa bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, aholini ekologik
va boshqa xavf-xatardan muhofaza etish, aholini sotsial soha bo’yicha talab va
ehtiyojlarini qondirish masalalariga davlatning doimiy etiborini har tomonlama
kuchaytirish.
Ma’lumki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O’zbekiston iqtisodiyotiga
ham ta’sir ko’rsatmasdan qolmaydi. SHuning uchun O’zbekiston iqtisodiyotini
rivojlantirish yo’nalishlarida buni e’tiborga olish lozim. SHundan kelib chiqqan
holda, mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf
etish bo’yicha 2009-2012 yillarga mo’ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi
choralar dasturi O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor
yo’nalishi bo’lib qoldi.
O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga 2013 yil uchun quyidagi ustuvor
vazifalar belgilab qo’yilgan:
1. Yuqori o’sish sur’atlarini, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va
iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish;


62
2. Iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish,


texnik hamda texnologik yangilashni jadallashtirish va uni ko’lamini kengaytirish,
ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish;
3. Yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasiini jadal rivojlantirish;
4. Iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotimizga axborot
kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish;
5. Faol investitsiya siyosati yurgizish. Tadbirkorlik va ishbilarmonlik
muhitini yanada yaxshilash;
6. Har bir xudud uchun ustuvor tarmoqlarni aniqlash, sanoat ishlab
chiqarishni, ayniqsa qayta ishlash tarmoqlarini, xizmat ko’rsatish sohasini, ishlab
chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani tezkor va muvozanatli rivojlantirishni,
xududlarni tarmoqlar bilan uzviy bog’lagan holda kompleks rivojlantirishni
ta’minlash;
7. Yangi ish o’rinlarini tashkil etish va mamlakatimiz aholisi bandligini
ta’minlash.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan muhim tamoyil va ustuvor yo’nalishlarning
barchasini izchil amalga oshirish natijasida o’zimizning asosiy maqsadimizga -
rivojlangan, ma’rifiy, huquqiy demokratik davlatlarda mavjud bo’lgan hayot
darajasiga erisha olamiz, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz
farovonligini ta’minlash imkoniga ega bo’lamiz.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin