71
1. Birinchi soha-sanoat tarmoqlari. Ular qishloq xo’jaligini moddiy-texnika vositalari,
xususan, traktor va qishloq xo’jaligi mashinalari, chorvachilik va
yem-xashak ishlab chiqarish
uchun zarur texnika vositalari, mineral o’g’itlar, o’simliklarni
himoya qilish uchun ximiya
vositalari va hokazolar bilan ta’minlaydi.
2.
Ikkinchi soha-bu bevosita qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidir. Unga
o’simlikchilik, chorvachilik, qishloq xo’jaligiga xizmat qiladigan
agroximiya, veterinariya va
boshqa sohalar kiradi.
3.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, trasportirovka qilish, tashish, saqlash,
qayta ishlash va sotish bilan shug’ullanadigan tarmoqlar kiradi.
4.
Infrastruktura sohasi – mamlakat aholi ehtiyojini qondirish bilan
bir qatorda
mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishiga ta’sir kursatadi.
SHunday qilib, qishloq xo’jaligi iqtisodiy va texnologik jihatdan bir-biri bilan bog’liq
bo’lgan tarmoqlar yig’indisidan iboratdir. Ularning asosiy maqsadi, vazifasi
aholini oziq-ovqat
mahsulotlariga va sanoatni qishloq xo’jaligi xom ashyosiga bo’lgan talabini qondirishdan
iboratdir.
Milliy iqtisodiyotda eng katta ahamiyat kasb etadigan va texnik jihatdan yaqin integratsiya
bu ikkinchi va uchinchi qishloq xo’jaligi sohalaridir. Albatta, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
ko’p va sifatli ishlab chiqarish bu juda muhim masala. SHuning bilan birga
ikkinchi muhim
masala uni saqlash, ishlab chiqarilgan mahsulotni qayta ishlash va iste’molchiga yetkazib
berish
hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi uzoq ishlab chiqarish jarayoniga egadir. Iste’molchilar yil
davomida bir tekis mahsulot bo’lishini xohlaydi.
SHuning uchun ham bu masalani hal qilish-
Dostları ilə paylaş: