68
2011 – 2015 yillarda yurtimizda sanoat ishlab chiqarish hajmini 1,6 barobar oshirishga
qaratilgan.
Sanoat tarmoqlari samaradorligi va raqobatdoshligini yanada oshirish maqsadida, 2011 –
2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari
to’g’risida dastur qabul qilindi. Ushbu Dasturda jami 47,5 mlrd. dollarlik 500 dan ortiq
investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan.
Dasturda
energetika, neftь-gaz-kimyo, kimyo, to’qimachilik va y e ngil sanoat
sohalari, rangli metallurgiya, mashinasozlik va avtomobilsozlik, farmatsevtika, qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini sifatli va chuqur qayta ishlash, qurilish material- lari ishlab chiqarish kabi ustuvor
tarmoqlarni jadal rivojlantirish nazarda tutilgan.
Xususan, 2011 – 2015 yillarda yoqilg’i-energetika kompleksini rivojlantirish doirasida
mamlakatimiz
energetika salohiyatini yanada rivojlantirish, resurslarni tejaydigan
texnologiyalarni joriy etish, iste’molchilarni energiya bilan ishonchli va sifatli ta’minlash,
energiya quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan o’nlab investitsiya
loyihalari amalga oshiriladi. Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2015 yilga
borib sanoatda sarflanadigan energiya
ulushini kamida 30 foiz kamaytirish mo’ljallanmoqda.
Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishda raqobat qila olish ustunliklariga, jumladan, tabiiy
resurslarning ulkan salohiyatiga, qudratli ishlab chiqarish va texnik baza hamda yuqori malakali
kadrlarga ega bo’lgan kimyo sanoati investitsiyalar va yangi loyihalarni
amalga oshirish uchun
jalb etuvchan yo’nalish hisoblanadi. Bu sohada 2011 – 2015 yillarda kimyo ishlab
chiqarishini jadal rivojlantirish, materiallar va tayyor mahsulotlarning printsipial yangi turlarini
ishlab chiqarishni o’zlashtirishga qaratilgan 30 dan ortiq investitsiya loyihasi amalga oshiriladi
va kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 1,6 barobar oshiriladi.
2011 – 2015 yillarda
mashinasozlik sohasida yengil avtomobillar
ishlab chiqarishni
1,2 barobar, zamonaviy avtobuslar ishlab chiqarishni 1,3 barobar, sovutgich va muzlatgichlar
ishlab chiqarishni 4 barobar hamda televizorlar ishlab chiqarishni
5,1 barobar oshirishga qaratilgan 80 dan ortiq investitsiya loyihasini amalga oshirish
ko’zda tutilmoqda.
Xususan, 2011 yilda «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda avtomobillarning
kuchlanish agregatlarini ishlab chiqaradigan korxonaning foydalanishga topshirilishi nafaqat
ichki ehtiyojlarni to’liq ta’minlash yoki mahalliy avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini
oshirish, balki avtomobilь dvigatellarini tashqi bozorlarga eksport qilish imkonini ham yaratadi.
Samarqand viloyatida katta hajmda yuk tashiydigan «MAN» rusumidagi avtotransport
vositalarini ishlab chiqaradigan va ularga xizmat ko’rsatadigan majmuaning tashkil etilishi ham
yuk avtomobillariga butlovchi qismlar ishlab chiqarish bo’yicha kooperatsiya aloqalarining
rivojlanishi uchun asos bo’ladi.
Vertikal integratsiyalashgan yangi
zamonaviy to’qimachilik majmualarining qurilishi paxta
tolasini yurtimizda qayta ishlash hajmining 2 barobardan ziyod oshishini ta’minlaydi. Bu, o’z
navbatida, 2011 – 2015 yillarda kalava ishlab chiqarishni 2,6 barobar, tayyor trikotaj va tikuvchilik
buyumlari tayyorlashni 3,2 va 2,6 barobar hamda to’qimachilik sanoati mahsulotlari eksportini 1,7
barobar oshirish imkonini beradi.
Dasturning ustuvor yo’nalishlaridan biri
farmatsevtika sanoatini rivojlantirishdir.
Ushbu yo’nalishda farmatsevtika korxonalarini tashkil etish va modernizatsiya qilish
orqali
150 dan ortiq zamonaviy dori preparatlarining yangi turlarini o’zlashtirish, shu orqali dori-
darmonlar iste’moli tarkibida yurtimizda ishlab chiqarilgan dori-darmonlar ulushini 3 barobardan
ziyod oshirish nazarda tutilgan.
Kelgusida «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi salohiyatidan to’liq foydalanishga
katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur zonada yetakchi xorijiy korxonalar bilan hamkorlikda
avtomobilь sanoati uchun butlovchi qismlar, eng yangi isitish moslamalari, kimyo va neftь-
kimyo mahsulotlari, maishiy elektronika va aloqa vositalari ishlab chiqarish bo’yicha o’nlab
yuqori texnologiyaga asoslangan yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish
ko’zda tutilmoqda.