ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi. Respublikada qudratli gidroelektr stantsiyalari
va issiqlik elektr stantsiyalari mavjud. Metallurgiya majmuasi tarkibiga qora va rangli metallarni
qazib chiqaruvchi, boyituvchi va qayta ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi. Oltin, kumush, mis,
qo’rg’oshin, rux, volьfram, molibden, litiy, uran, alyuminiy xom ashyosi, nodir metallar va
boshqa qator qazilma boyliklarining aniqlangan zahiralari ko’p.
O’zbekistonda oltinning 30 ta koni topilgan. Qazib olinadigan oltinning umumiy miqdori bo’yicha O’zbekiston MDX mamlakatlari orasida ikkinchi, kumush, qo’rg’oshin, rux
va volьfram bo’yicha uchinchi o’rinni egallaydi. O’zbekiston jahon hamjamiyatida oltin ishlab chiqarish hajmi bo’yicha sakkizinchi, uni aholi jon boshiga ishlab chiqarish bo’yicha esa
beshinchi o’rinda turadi.
Kimyo va mashinasozlik majmualari sanoatning muhim sohalaridir, yangi iqtisodiy
sharoitda bu tarmoqlarda chuqur tarkibiy qayta qurishlar amalga oshirilmoqda. Ular
mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga yo’naltirilgan.
Ishlab chiqarilayotgan iste’mol mollarining uchdan bir qismi yengil sanoat korxonalari
tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu yerda an’anaviy yetakchi soha to’qimachilikdir.
66
11-jadval
Sanoat tarmoqlari ishlab chiqarish sur’atining o’sishi (foiz hisobida) Ko’rsatkichlar 2011 yil (2010 yilga nisbatan % hisobida) Sanoat – jami 106,3
Elektro-energetika 101,0
Yoqilg’i sanoati 100,3
Qora metallurgiya 106,3
Rangli metallurgiya 102,4
Kimyo va neftь-kimyo sanoati 107,9