67
zavodi to’liq rekonstruktsiya qilindi. Gaz-kimyo tarmog’ining tashkil etilishi tabiiy gazni
qayta ishlashni chuqurlashtirish va turdosh tarmoqlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini
rivojlantirish imkonini yaratdi.
Qo’ng’irot soda zavodida 2006 yildan boshlab kalьtsiyli soda, Samarqand kimyo
zavodida nitrokalьtsiyfosfat o’g’iti ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi, 2010 yilda mintaqamizda
yagona bo’lgan Dehqonobod kaliyli o’g’itlar zavodi ishga tushirildi. Uning 2 navbatining
qurish ishlari boshlab yuborildi.
Yog’ochni qayta ishlash va tsellyuloza-qog’oz sanoatida ishlab chiqarish hajmi 13,4
barobar, oziq-ovqat sanoatida – 5,7 barobar, yengil sanoatda – 3,8 barobar o’sdi.
Ip-kalava ishlab chiqarish 2,2 barobar ko’paydi. Gilam va gilam mahsulotlari ishlab
chiqarish hajmi 21 million kvadrat metrdan ziyod bo’ldi.
O’tish davrining murakkab sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash
maqsadida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari, xususan, neftь, gaz, oltin qazib olish, rangli
metallurgiya, kimyo va neftь-kimyo sanoatini jadal rivoj- lantirish uchun davlat barcha shart-
sharoitlarni yaratib berdi. Natijada chuqur sifat o’zgarishlari ro’y berdi va O’zbekiston
sanoatining tarmoq tarkibi ancha diversifikatsiya qilindi va mutanosiblashdi.
Dostları ilə paylaş: