76
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish va boshqarishning mutloq yangi tizimi
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bank, moddiy-texnika ta’minoti, agroservis, moliya, soliq,
tashqi iqtisodiy aloqalar xizmatlari faoliyati butunlay o’zgartirildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar tezda o’z natijasini berdi. Sobiq “qizil imperiya” davrida
hatto sut-go’shtni ham chetdan import qilish darajasiga tushirilib qo’yilgan O’zbekiston, qisqa
fursat mobaynida oziq-ovqat mollari bo’yicha chetga
qaramlikdan ozod bo’ldi va o’zini o’z
mahsulotlari bilan ta’minlay boshladi. Bu borada paxta yakka hokimligidan qutilish va
g’allani yetishtirish bo’yicha erishilgan yutuqlarni alohida ta’kidlab o’tish joiz.
Mustaqqillik yillarining boshlaridanoq mamlakat qishloq xo’jaligini chuqur isloh qilish
davri boshlandi. Respublika qishloq xo’jaligida tub burilishlarning huquqiy asoslarini
yaratadigan qonunlar qabul qilindi.
Mahsuldorligi past davlat va jamoat xo’jaliklarining
norentabel qoramolchilik fermalari
mehnat jamoalari mulki qilib berildi.
CHorva mollari zotini yaxshilash tadbirlari ishlab chiqildi. Andijon, Sirdaryo, Toshkent,
Xorazm viloyatlarida shirkat xo’jaliklari negizida qoramolchilik
naslchilik zavodlari, Andijon,
Namangan, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlarida jamoa xo’jaliklarida
naslchilik
xo’jaliklari tashkil etildi. Respublikaning barcha viloyatlaridagi ixtisoslashgan xo’jaliklarida
zotli mollar yetishtiriladigan va sotiladigan tayanch punktlar ishi yo’lga qo’yildi. Kim oshdi
savdosi orqali qora mollar xo’jaliklarga va aholiga sotildi.
Dostları ilə paylaş: