O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish kontseptsiyasi to’g’risida”



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə78/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish kontseptsiyasi to’g’risida” O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi. Unga asosan fermer xo’jaliklarining ustuvor
yo’nalishlari sifatida rivojlantirib qishloq xo’jaligidagi islohotlarni jadallashtirish asosiy maqsad
qilib qo’yilgan edi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrda “O’zbekistonda fermerlik
faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”
Farmoni chiqdi. Unda kelgusi yillarda sanoat uchun eng muhim xom-ashyo manbai bo’lgan,
ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror to’ldirish va eksport salohiyatini oshirishni
ta’minlaydigan qishloq xo’jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohani texnik
va texnologik qayta jihozlash va modernizatsiya qilishga katta e’tibor qaratiladi.
Bugungi kunda fermer xo’jaligi qishlq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosiy
shakliga aylandi. Hozir respublikamizda fermerlik xarakati o’z tarkibiga 66 mingdan ziyod
fermer xo’jaligini birlashtirgan. Mavjud bo’lgan haydaladigan yerlarning 85%dan ortig’i
fermerlar xissasidir.
Hozirgi kunda fermerlik xarakati xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish asosida fermer
xo’jaliklari uyushmasi O’zbekiston fermerlari kengashiga, viloyat va tumanlarda esa
fermerlar kengashiga aylantirildi. Ushbu tuzilmalarning huquq va kafotlari jiddiy ravishda
kengaytirildi. Mazkur kengashlarning asosiy vazifasi davlat va xo’jalik boshqaruvi, joylardagi
davlat xokimiyati orgnalari bilan munosabatlari, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko’rsatadigan
tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, bir so’z bilan aytganda hamma yerda fermerlarning huquqi va
qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
2015 yilda 2010 yilga nisbatan qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish
hajmini 1,3 barobar oshirish ko’zda tutilgan. Bu borada kelgusi yillarda qishloq xo’jaligida olib
boriladigan o’zgarishlarning asosiy vazifasi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish,
qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi va chorvachilik mahsuldorligini oshirish negizida
mahsulot yetishtirish hajmining izchil o’sib borishini ta’minlashning asosiy shakli bo’lgan
fermerlik institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish bo’ladi.
Kelgusi yillarda o’simlikshunoslik sohasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda
ilg’or agrotexnologiyalarni, xomashyo va suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni, selektsiya
va urug’chilik usullarini joriy etishga alohida ahamiyat beriladi.
Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi 2011 – 2015 yillarda qishloq xo’jaligi
ekinlari hosildorligini ko’tarish, mineral o’g’itlardan foydalanish samaradorligini 15 foiz
oshirish, shuningdek, sug’orish uchun suv sarfini 12 foiz kamaytirish imkonini beradi.


78
SHu bilan birga, bu chora-tadbirlar meva-sabzavot mahsulotlari tayyorlashni 1,5


barobar, kartoshka yetishtirishni 1,4 barobar, poliz va uzum ye tishtirishni 1,3
barobar ko’paytirish, ularning qishloq xo’jaligi ekinlari tarkibidagi umumiy ulushini, texnik
ekinlar va g’alla yetishtirish hajmini barqaror saqlab qolgan holda, 2010 yildagi 59 foizdan
2015 yilda 70 foizga yetkazish hisobidan qishloq xo’jaligida ishlab-chiqarish tarkibini sifat
jihatidan o’zgartirishga ko’maklashadi.
2011 – 2015 yillarda chorvachilikning yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish
doirasida naslchilik ishlarini takomillashtirish, mustahkam ozuqa bazasi va zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish asosida sohaga xizmat ko’rsatish infratuzilmasini yaratishga
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilmoqda. Bu chora-tadbirlar naslchilik
xo’jaliklarini 2,5 barobar, ozuqa ekinlari maydonini 1,3 barobar oshirish, zooveterinariya
punktlarini zamonaviy uskuna va inventarlar bilan ta’minlash darajasini oshirish imkonini beradi.
Natijada kelgusi yillarda yirik va mayda shoxli qoramollarning bosh soni 1,3 barobar ko’payadi,
go’sht va sut mahsulotlari 1,3 barobardan ziyod oshadi.
Parrandachilik va baliqchilikni jadal rivojlantirish kelgusi yillarda chorvachilik
mahsulotlari hajmi o’sishida qo’shimcha omil bo’ladi. Xususan, parrandalar bosh sonini 2010
yilga nisbatan 1,8 barobar oshirgan holda, 1000 dan ziyod xususiy parrandachilik fermalari va
mahsulot ishlab chiqarish hajmini 1,6 barobar oshirish imkonini beradigan 670 ta xususiy
baliqchilik xo’jaligini tashkil etish mo’ljallanmoqda.
SHu bilan birga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini uzoq muddat saqlash quvvatlarini tashkil
etish va qayta ishlash hajmini kengaytirish borasidagi kompleks chora-tadbirlarga alohida e’tibor
qaratilib, qishloq joylarda zamonaviy minitexnolo- giyalar negizida qayta ishlash korxonalarini
ishga tushirish, oziq-ovqat tovarlari sifatini oshirish va assortimentini kengaytirish natijasida
2011– 2015 yillarda meva-sabzavot konservasi ishlab chiqarish 1,7 barobar, go’sht konservasi –
2,2 barobar, kolbasa mahsulotlari – 1,8 barobar, sut mahsulotlari 1,9 barobar, sariyog’ tayyorlash
1,8 barobar oshiriladi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining qayd etilgan prognoz parametrlariga erishish
uchun 2011-2015 yillarda sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash va
unumdorligini oshirish choralari ko’riladi.
Maxsus tashkil etilgan Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondi
mablag’lari hisobidan 2011-2015 yillarda meliorativ inshootlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va
ta’mirlash, tomchilatib sug’orish tizimini yo’lga qo’yish va melioratsiya texnikasi xarid qilish
bo’yicha qariyb 500 million dollarga teng qator loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilmoqda.
Bu esa qishloq xo’jaligida foydalanilayotgan 1,4 million gektar yer maydonining meliorativ
holatini yaxshilash imkonini beradi.
Kelgusi yillarda qishloq xo’jaligi texnikasi parklarini kengaytirish va sifat jihatidan
yangilash borasidagi ishlar davom ettiriladi. Qishloq xo’jaligi tarmog’ini 28 mingdan ziyod
yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan yangi avlod traktorlari, kombaynlar, bulьdozerlar,
ekskavatorlar va tirkama texnikalar bilan ta’minlash, ularga texnik xizmat ko’rsatish sifatini
yaxshilash natijasida traktorlar va kombaynlar parki o’rta hisobda 60 foiz, ekskavatorlar va
bulьdozerlar parki 90 foiz yangilanadi, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish samaradorligi ortib,
ekspluatatsiya xarajatlari kamayadi.
Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yurtimizda Germaniyaning «Klaas»
kompaniyasi va boshqa ilg’or xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda zamonaviy turdagi qishloq
xo’jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlab chiqarish va ularga xizmat ko’rsatish bilan
shug’ullanadigan yangi korxonalar tashkil etilishiga xizmat qiladi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin