O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


Davlatning iqtisodiyotni tartiblash vositalari



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə140/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

Davlatning iqtisodiyotni tartiblash vositalari
Davlat ixtiyorida xilma-xil siyosiy, xuquqiy va sotsial-iqtisodiy vositalar bor.
Ammo ulardan qaysi birining ustuvor bo’lishi iqtisodiy vaziyatga bog’liq. Birinchi
navbatda davlat qonunchilik orqali iqtisodiyotni tartiblaydi. Qonun chiqaruvchi
davlat organi tomonidan iqtisodiy xayotga oid qonunlar qabul qilinadi, qonunlarda
iqtisodiyotning tartib-qoidalari belgilanadi. Iqtisodiy sa’y-xarakatlar shu
qonunlarga binoan yuz berishi talab qilinadi, davlat qonunlarning bajarilishini
nazorat qiladi, qonunbuzarlarni jazolaydi.
O’zbekistonda ham Oliy Majlis tomonidan bozor iqtisodiyotini shakllantirish,
bozorga xos iqtisodiy mexanizmni yaratishga oid 400dan oshiq qonunlar qabul
qilindi. O’zbekistonda qonunlar ustuvor, hamma unga bab-barobar rioya etishi
shart.


128
Qonunchilik iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslarini belgilab beradi. Davlat


qonunlarni ishlab chiqish bilan cheklanmay, ularning amalda joriy etilishini ham
ta’minlaydi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi uning siyosatida ifodalanadi.
Iqtisodiy siyosat ko’zlagan maqsadlar va ularga erishish vositalari yaxlitligini talab
qiladi.
9-chizma
Davlat ixtiyoridagi moliyaviy vositalar: maqsadlari va tarkibi
Davlatning ixtiyorida kuchli moliyaviy vositalar mavjud. SHulardan eng
muhimi soliqdir.
Fan-texnika taraqqiyoti yuzaga keltirgan yangi ishlab chiqarish sohalari borki,
ularni jadal o’stirish talab qilinadi. Bu sohalarda chiqarilgan tovarlar bozorbop
bo’lib, tez sotiladi va katta foyda keltiradi. Bu mahsulotlar sanoatning boshqa
sohalarida ishlatilganida ham katta naf beradi. Masalan, yonilg’ini tejovchi, o’tga
chidamli dvigatellar ishlab chiqaruvchi korxonalarga soliqdan yengillik berilsa,
ularning xarajatlari soliq hisobidan kamayadi. Natijada dvigatellarni ishlab
chiqarish va ommaviy qo’llanishi ko’payadi, ular iqtisodiy o’sishga olib keladi.
Soliqlar o’z-o’zidan emas, balki muqobil tanlov qoidasini ishga solish orqali
iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi.
Davlat soliqlardan tadbirkorlikni, xayr-ehson ishlarini, eksport-importni, xorij
kapitalining kirib kelishini rag’batlantirish uchun ham foydalanadi. Masalan,
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga ko’ra yangi ochilgan kichik firmalar, fermer
xo’jaliklari ma’lum muddat davomida soliqdan ozod qilinadi. Xayriya ishlariga
sarflangan daromadlardan ham soliq olinmaydi. Eksportbop tovar ishlab
chiqaruvchi korxonalar ham soliq imtiyozlari oladilar.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin