O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə149/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

Jamoat tashkilotlari:
1. Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi
2. Xotin qizlar qo’mitasi
3. O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati Markaziy
kengashi
4. “Vatanparvar” tashkiloti
5. Avtomotoxavaskorlar ko’ngilli jamiyati
6. Bastakorlar uyushmasi
7. Nogironlar jamiyati


138
8. Qizil yarim oy jamiyati


9. Karlar jamiyati
10. Yozuvchilar uyushmasi
11. O’zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi
12. O’zbekiston xorijiy davlatlar bilan do’stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar
jamiyatlari kengashi
13. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
14. O’zbekiston musulmonlar idorasi
15. Yeparxiya boshqarmasi
Bevosita iqtisodiyotni boshqaradigan, davlat iqtisodiy siyosatini hayotga
tadbiq etadigan boshqaruv bo’g’inlari bu - Prezident devonida ijtimoiy-iqtisodiy
masalalar bo’yicha Davlat maslahatchisi mavjud. Bosh Vazir, bosh vazir birinchi
o’rinbosari va o’rinbosarlari, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat
stasistika qo’mitasi, O’zbekiston Markaziy va tijorat banklari, Xalq banki, Davlat
boj, soliq va mulk qo’mitalari, barcha vazirliklarning iqtisodiy boshqarmalari va
hokimliklar.
O’zbekiston Respublikasi ma’muriy jihatdan 12 ta viloyat va
Qoraqalpog’iston Respublikasini o’z ichiga oladi. Ma’lumki, viloyatlar yana
tumanlarga bo’linadi. Ushbu mintaqalarning boshqaruv organlari va ularning
huquqiy, mulk chegaralariga o’zgartirishlar kiritildi. Mahalliy ahamiyatga molik
bo’lgan qonunlar va farmonlar qabul qilish xalq tomonidan saylangan tuman,
viloyat deputatlari, ularning kengashlari zimmasiga yuklatilgan. Mahalliy darajada
Oliy boshqaruv va ijrochi organ -viloyat va tuman hokimiyat organlari tuzilgan.
Hokimlar Respublika Prezidentining joylardagi vakili bo’lib, ular Prezident
tomonidan tavsiya etiladi va mahalliy deputatlar kengashida tasdiqlanadi. SHu
bilan birga ular mahalliy kengash raislari etib saylanadi. Mahalliy hokimiyatning
mulk huquqlari asosiy qonunda qat’iy belgilanib, ularning shakllanish manbaalari
ham aniq ko’rsatilgan. Munitsipal mulk deb atalmish ushbu mulk mahalliy sanoat,
tijorat va boshqalar hisobiga tashkil etiladi va ular to’liq mahalliy hokimiyatlar
tasarrufida bo’ladi. Mahalliy hokimiyatlarning iqtisodiyotning boshqaruv
bo’g’inlari yuqorida sanab o’tilgan respublika organlarining bo’limlari hisoblanadi.
Respublikamiz viloyat hokimliklari, Toshkent shahar hokimligi, qishloq va shahar
tuman hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tarkibi mavjud.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin