§ 3. Tashqi iqtisodiy faoliyat va uni boshqarishni tashkil qilish 10.1. O’zbekiston mustaqilligi va uning tashqi iqtisodiy faoliyati printsiplari. Ochiq iqtisodiyot modeli. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng xalqaro hamjamiyatning teng huquqli
a’zosi bo’ldi. O’zbekiston xalqaro munosobatlarda mustaqil suveren davlat sifatida faoliyat olib
boradi. Mustaqillik tufayli ko’pchilik xorijiy davlatlari bilan mustaqil iqtisodiy hamkorlik
aloqalari o’rnatdi. Bu hamkorlik davlat siyosatining muhim qismi bo’lib, respublika iqtisodiy
rivojlanishining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston davlat siyosatining maqsadi respublika iqtisodiyotini jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlash va haqiqatda ochiq iqtisodiyotga erishishdir.Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda mazkur mamlakat yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. O’zbekiston o’tmishda juda ko’p mineral xom ashyo resurlariga, katta ishlab chiqarish
texnika imkoniyatlariga, boy mehnat resurslariga ega bo’lgani holda, strategiya jihatidan juda
qulay geopolitik holatda joylashgan bo’lishiga qaramay tashqi dunyodan ajralib qolgan
edi.Respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi xalqaro mehnat taqsimotida, boshqa
davlatlar bilan teng huquqli aloqalar o’rnatishni nafaqat imkoniyatini, balki uning zaruratini ham
ochib berdi.
Prezidentimiz I.Karimov o’zining asarlari, ma’ruza va nutqlarida tashqi siyosiy va
iqtisodiy aloqalarning asosiy tamoyillarini nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berdi. Tashqi
siyosatga tinchlik barqarorlik, hamkorlik yo’li asos qilib olindi.
10-chizma