Transmilliy korporatsiyalar – bu xorijiy aktivga ega bo’lgan milliy monopoliyalar.
Ularning ishlab chikarish va savdo-sotik faoliyatlari bir davlat chegarasidan chiqib ketadi.
Korporatsiya deb AQSHda hissadorlik jamiyatini aytishadi. Zamonaviy Transmilliy
korporatsiyalarning ko’pchiligi Amerika kompaniyalarining ekspansiyasi tufayli vujudga
kelganligi tufayli bu termin kirib keldi.
Transmilliy korporatsiyalarning xuquqiy rejimi filiallar va shu’ba korxonalari tashkil ti
shorkali turli davlatlarda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. Bu kompaniyalar nisbatan mustaqil
bo’lgan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlarni sotish, ilmiy tadqiqot, iste’molchilarga xizmat
ko’rsatish xizmatlariga egadirlar.
Umuman ular yagona ishlab chiqarish-sotish majmuini tashkil etadilar va bu majmuada
hissadorlik kapitalga faqat ta’sischi davlat egalik qiladi. SHu bilan birga filial va shu’ba
korxonalari aralash korxonalar bo’lishi va ularda milliy kapital ustunlik qilishi mumkin.
Ko’pmilliy korporatsiyalar (KMK) – ishlab chiarish va ilmiy tadkikotchilik asosida bir
necha davlat milliy korporatsiyalarini birlashtiruvchi xalkaro korporatsiyadir. Bunga 1907 yildan
buyon mavjud bulgan Angliya – Gollandiya “Royalь-Datch shell” kontsernini ko’rsatish
mumkin. Bu kompaniyaning hozirgi kapitali 60:40 nisbatda taqsimlangan. Ko’pmilliy
korporatsiyalarga mashinasozlik, elektron injeneriyaga ixtisoslashgan, Yevropada mashhur
SHveytsariya-SHvetsiya AVV (Asea Brown Bovery) kompaniyasini ko’rsatish mumkin.
Yevropaning ilg’or Ko’pmilliy korporatsiyalari qatoriga Angliya-Gollandiya ximiya-texnologiya
kontserni “Yunilever”ni ham qo’shish mumkin.
Tranmilliy va Ko’pmilliy korporatsiyalarga xalqaro kompaniyalar ichida ajralib turuvchi
global korporatsiyalarni (GK) xam qo’shish kerak. Ular 80-yillarda vujudga keldilar va
kuchga kirib bormokdalar. Global korporatsiyalar zamonaviy jahon moliya kapitalining butun
qudratini namoyon qiladilar. Globalizatsiyaga ko’proq ximiya, elektrotexnika, elektron, neftь,
avtomobilь, axborot, bank va boshqa bir necha sohalar moyildirlar.