O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


Transmilliy korporatsiyalar paydo bo’lishiga sabab nima?



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə203/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

Transmilliy korporatsiyalar paydo bo’lishiga sabab nima?
Ular paydo bo’lishining eng umumiy sababi milliy-davlat chegaralaridan chiqib ketgan
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi asosida ishlab chiqarish va kapitalning
baynalmilallashuvidir.


185
Ishlab chiqarish va kapitalning baynalmilallashuvi yirik kompaniyalar tomonidan xorijda o’z


bo’limlarini tashkil etishi va milliy korporatsiyalarning transmilliy korporatsiyalarga aylanishi
orqali ekspansiya xarakteriga ega bo’ladi. Kapital olib chiqish xalqaro korporatsiyalarning
shakllanishi va rivojlanishining eng muhim omiliga aylanmoqda.
Transmilliy korporatsiyalar vujudga kelishining aniq sabablari qatoriga haddan oshiq foyda
olishga intilishni ko’rsatish mumkin. O’z navbatida, o’tkir raqobat, bu kurashda tirik qolish
zaruriyati ham xalqaro miqyosda ishlab chiqarish va kapitalning kontsentratsiyasi va TMK
paydo bo’lishiga olib keldi.
Jahon xo’jaligida ro’y beruvchi iqtisodiy jarayonlarning ob’ektiv natijasi sifatida vujudga
kelgan transmilliy korporatsiyalar qator o’ziga xos xususiyatlarga ega. TMK xalqaro mehnat
taqsimotining faol ishtirokchisi bo’lib uning rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shadilar.
Transmilliy korporatsiyalar kapitalining harakati, odatda, korporatsiya joylashgan davlatda
bo’layotgan jarayonlardan mustaqil ravishda ro’y beradi.
Transmilliy korporatsiyalar yirik investitsiyalar va yuqori malakali personal talab qiluvchi
yukori texnologiyali, ilmtalab sohalarga kirib boradi. Bunda ushbu sohalarni transmilliy
korporatsiyalar tomonidan monopoliya qilish tendentsiyasi sezilmoqda. Kapitalistik dunyo
sanoat mahsulotining ¾ qismi 2 mingga yaqin eng yirik korporatsiyalar tomonidan ishlab
chiqarilgan. Ularning bir necha yuztasi eng muhim mahsulotlarning 50%idan 80%igacha qismini
ishlab chiqaradi.
500ta eng kuchli transmilliy korporatsiyalardan 85tasi barcha horijdagi investitsiyalarning
70%ini nazorat qiladilar. Bu 500 gigant elektronika va ximiyaning 80%, farmatsevtikaning 95%,
mashinasozlikning 76% mahsulotini sotadilar.G’arb iqtisodchilarning prognozlariga ko’ra jahon
xo’jaligida 300-600 transmilliy korporatsiyalar hukmronligi o’rnatildi. Bunda 300 korporatsiya
jahon yalpi mahsulotining 75%ini nazorat qiladilar, o’z ishlab chiqarishlari va xizmatlarini
sezilarli ravishda diversifikatsiya qiladilar. Masalan, SHvetsiyaning “Volьvo” avtomobilь
kontserni hozirdayoq nafaqat avtomobilь chiqarmoqda. Bu transmilliy korporatsiya SHvetsiyada
30 ta, xorijda bir necha o’nta turli ixtisosli yirik shu’ba korxonalariga ega bo’lib, katerlar uchun
motorlar, aviadvigatellar, mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. O’z navbatida AKSHning 500 eng
yirik transmilliy korporatsiyalari o’rta xisobda 11 sohada, eng kuchlilari esa 30-50 sohada
korxonalarga ega. 100 ilg’or sanoat firmalaridan Angliyada 96 tasi, Germaniyada-78tasi,
Frantsiyada-84tasi, Italiyada-90tasi ko’p sohalidir.
Kuchli ishlab chiqarish bazasiga ega bo’lgan transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqarishni,
tovar bozorlarini samarali rejalashtirishni ta’minlovchi ishlab chikarish-savdo siyosatini
yurgizadilar. Rejalashtirish bosh kompaniya doirasida amalga oshiriladi va shu’ba korxonalariga
tarqatiladi.
Xalkaro korporatsiyalar vujudga kelishi va rivojlanishiga misol kilib, o’z qo’lida jahon
kundalik elektr jihozlari va sanoat uskunalari bozorining 25%ini ushlab turgan “Elektrolyuks”
TMKni ko’rsatish mumkin. 1912 yilda ikki shved kompaniyalarining birlashishi natijasida
vujudga kelgan “Elektrolyuks” 20-yillardayok Avstraliya va Yangi Zelandiya bozoriga chiqib, u
yerda o’z ishlab chiqarishini tashkil qildi. Oxirgi o’n yillikda “Elektrolyuks” AQSHda uchinchi
o’rinda turuvchi, “Vestingauz”, “Gibson” va boshqa markalar ostida kundalik texnika ishlab
chiqaruvchi “Uayt Konsolideyted” kompaniyasini, Italiya va butun janubiy Yevropada eng yirik
elektr tovarlari ishlab chiqaruvchi “Zanussi” firmasi va shuningdek GFR asosiy elektr tovarlari
ishlab chiqaruvchi “AEG” firmasini sotib oldi.
Bu uch firmani ko’shib olganidan keyin “Elektrolyuks” 75 mamlakatda kundalik
elektrotexnikani ishlab chikarish, sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha rivojlangan tizimga ega
bo’lgan, o’z sohasida jahonda lider kompaniyaga aylandi.
O’z ekspansiyasini kengaytira borib, transmilliy korporatsiyalar jahon bozorini
o’zlashtirishning turli shakllaridan foydalanadilar. Bu shakllar ko’p jihatdan shartnomaga
asoslanadi va hissadorlik kapitalida boshqa firmalarning qatnashishiga bog’liq emas. TMK

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin