194
- geografik o’rni;
- siyosiy demokratik o’rni;
- aholisiga xos tartiblilik, matonatlilik va intiluvchanlik kabi noiqtisodiy omillar.
SHu nuqtai nazardan
Malayziya tashqi savdo ko’rsatkichlari ancha ibratlidir. Mamlakat
importining katta qismini oraliq tovarlar tashkil etadi.
Oraliq tovarlar yakunlovchi
operatsiyalarning bajarish uchun chetdan keltirilgan keyin xalqaro bozorga chiqariladigan
tovarlar tushuniladi. SHuning uchun eksportda qayta ishlovchi elektron sanoat mahsulotlari
yetkachi rolь o’ynaydi. Kauchuk, palьma yog’i, ishlov beruvchi sanoat mahsulotlari, gazlama,
kiyim- bosh, poyafzal, elektron mahsulotlari va boshqalar tashkil etadi.
Janubiy Korea iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan rivojlanishida eksport g’oyatda muhim
ahamiyat kasb etadi. Mamlakat hukumati litsenziya, qarz berish, importni kreditlash asosida
eksport mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish bilan tashqi bozorga mo’ljal olish yo’lidan
og’ishmay bordi. Natijada milliy firmalar orasida raqobat kuchaydi, eksport mahsulotlari ishlab
chiqarishni kuchaytirish “o’ziga xos” tarzda rag’batlantirildi. Janubiy Korealik iqtisodchi
B.Songning aytishicha, Hukumat ko’rsatkichlarini bajarmagan yoki uning rejasiga mos ish
yuritmagan korxonalar iqtisodiy infratuzilmadan uzib qo’yilgan (suv, elektr energiya berish
to’xtatilgan). Mutaxassislarning fikricha bu mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish cho’qqisiga
chiqishiga asosiy sabab, ularning qulay geografik mintaqada joylashganligidir. M:
Gonkong
qadimdan Xitoyga borishdagi
Janubiy darvoza vazifasini o’tagan.
Tinch va Hind okeanlari tutashadigan
Singapurni har doim sharqning
G’arbiy darvozasi,
deb atashgan. Mutaxassislarning fikricha, ushbu mamlakatlarning rivojlanishida ko’pgina
omillarning uyg’unlashuvi uddaburonlik bilan yuritilgan soliq siyosati alohida ajralib turadi.
Bu siyosat
Gonkong va
Singapurga ko’pgina chet-el savdo sotiq, sanoat kompaniyalarini
moliya kapitalini jalb qilishiga imkon berdi. Janubiy Koreya, Singapur, Gonkong va Tayvanga
yirik g’arbiy biznesni tortgan magnit bu
ishchi kuchining arzonligidir. M: birgina kiyim-bosh
ishlab chiqaradigan korxonada ishchi kuchi qiymati AQSHda 19 $, Koreyada 9 $, Indoneziyada
6 $, Turkiyada 5 dollarni tashkil etadi.
Yangi industrial mamlakatlar jahon iqtisodiyoti rivojining yangi zamonaviy bosqichidan
uddaburonlik bilan foydalandilar:
- iqtisodiyotning internatsionallashuvi, xalqaro mehnat taqsimotining yanada
rivojlantirilishi;
- yirik ko’lamli ishlab chiqarishdan mayda seriyali ishlab chiqarishga o’tish;
- ishlab chiqarishni bir joyga to’planishidan chiqarish, mayda, o’rtacha korxonalar
ahamiyatini oshirish;
- mulkchilik shakllarining ko’pligi;
- inson omilining roli oshganligi iqtisodining intelektuallashishi, fan yutuqlariga tayanishi.
Ushbu mamlakatlar yuksalishida Yaponiya alohida rol o’ynaydi, chunki kapitalni
joylashtirish juda qulay. Yaponiya bo’yicha mutaxassis Ronald Morzening fikricha “Yaponiya
yangi mamlakatlarning iqtisodiy kuchayishiga yordam berdi, hamda siyosiy strategik tayanchga
ega bo’ldi”. Vaqt o’tishi bilan ushbu mamlakatlar murakkab texnologiyalarni yaratish, fan
yutuqlariga asoslangan ishlab chiqarishning rag’batlantirishning, malakali kadrlar tayyorlash
uchun katta mablag’lar sarflashni, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda AQSH, Germaniya,
Yaponiya bilan jiddiy raqobatchiga aylandi.
Mamlakatda demokratiyani rivojlanishining muhim shartlaridan biri aholining
farovonligini muayyan darajaga yetkazishdir.“AQSH ning ulug’vorligi – farovonligi oqibati”
degan xitoy maqoli bor. Demokratiya – aqlning ulug’vorligini ya’ni sening e’tiqoding va
195
manfaatlaringa zid bo’lsa ham murosaga borishga, kelishishiga tayyorgarlikni bildiradi. Bu esa
aholining farovonlik darajasi yuqori bo’lishini hech bo’lmaganda umumiy surunkali ocharchilik
bo’lmasligini taqozo etadi.
Yangi industrial mamlakatlar iqtisodiyoti rivojining yanada muhim sabablaridan biri
umumiy ta’lim va kasbiy tayyorgarlik tizimini rivojlantirishga katta e’tibor berilishidir.
Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, transmilliy korporatsiyalar “uchinchi dunyo”
mamlakatlarining rivojlanishida yuksak ahamiyat kasb etmoqda. Bular quyidagilarni o’z ichiga
oladi: Bir qator tarmoqlarda qullaniladigan texnika va texnologiyalar yetkazib berish (engil
sanoat, to’qimachilik sanoati, elektron sanoati).
Transmilliy korporatsiyalar investor sifatida ham, shuningdek investitsiya tovarlari yoki
texnologiyalarini (litsenziyalarini) yetkazib beruvchilar sifatida ham muhim rolь o’ynaydi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarni xom ashyo eksport qiluvchilardan tayyor mahsulotlarning
sotuvchilarga aylantirish. Bunday bevosita qo’yilma, rivojlanayotgan mamlakatlar ishlab
chiqarishdagi tarkibiy o’zgarishlar uchun to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar yo’nalishidagi
moliyaviy resurslarni oddiy joylashtirishga nisbatan ancha muhim hisoblanadi.SHu jumladan,
transmilliy korporatsiyalar an’anaviy jarayonlarinig tezlashuvini ta’minlaydi. Texnologik
innovatsiyalar asosan sanoati rivojlangan mamlakatlarda to’plangan bo’lib, so’nggi 10 yilliklarda
ular bir qator mamlakatlarda, asosan “yangi industrial muhitda” ko’proq tarqalgandir.
Texnologiyalarni qo’llanishi, atrof-muhit bilan bog’liq bo’lishi mumkin. TMK filiallarining
faoliyati ular tanlagan mamlakatlarning tabiati uchun, shuningdek insonlarning manfaati va
ularning hayotiga tahdid solmasligi lozim. SHu munosabat bilan xususiy, shuningdek xorijiy
korxonalar ustidan nazoratni o’rnatish maqsadida rivojlanayotgan mamlakatlardagi tartibot
milliy organlarining faoliyatini kuchaytirishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: