O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni rag’batlantirishning qo’shimcha chora-



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə36/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni rag’batlantirishning qo’shimcha chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 916-son Qarorini amalga oshirish, fan va ishlab chiqarishni
integratsiyasini ta’minlovchi asosiy mexanizmlardan biri bo’lib kelmoqda.
Innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilishda O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi,
Fan va texnika rivojlantirishini muvofiqlashtirish Qo’mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiya va savdo Vazirligi va Texnologiyalar transferi Agentligi asosiy o’rinni egallaydi.
Investitsion talab bilan innovatsion taklifning bog’lovchi doimiy ish yurituvchi maydon,
innovator va potentsial iste’molchi va investorlar to’g’ridan-to’g’ri o’zaro aloqa o’rnatish,
intellektual mulk bozoriga aylanishida innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilishda yarmarka
muhim rolь o’ynamoqda.
Mamlakatimizdagi 2012 yilgi innovatsiyalar yarmarkasida 500 ga yaqin yangi, noyob,
innovatsion ishlanmalar ko’rsatildi: sanoatda (190 ta loyihalar), qishloq ho’jaligi (100ga yaqin),
sog’liqni saqlash va farmatsevtika (90ga yaqin), informatsion texnologiyalar (50dan ortiq), fan
va ta’lim (30ga yaqin). Buning o’ziga xos tomoni – 50ga yaqin, kichik biznes va hususiy
ТАЙВАН
ЯПОНИЯ


36
tadbirkorlik uchun maxsus ishlab chiqilgan, sanoat, qishloq ho’jaligi, farmatsevtika sohasidagi


loyihalar hisoblanadi. Masalan, o’simlik chiqindilarini qayta ishlash va suvni tozalash uskunasi
va quyosh energiyasini ishlatadigan avtonom energoqurilma va boshqa loyihalar.
Innovatsion ishlanmalarni va texnologiyalarni tijoratgirligini oshirish iqtisodiy, ijtimoiy va
tabiatni asrash sohasidagi muammolarni yechishni undashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga
oshirmoqda. Bu tadbirlar innovatsion loyihalarning ishlab chiqish va shakllantirish, innovatsion
loyihalarni moliyalashtirishning samaraviy mexanizmlari bo’yicha takliflar ishlab chiqish,
hamda intellektual mulk ob’ektlarini baholashni o’z ichiga oladi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik kayta jihozlash, iqtisodiyotni
yetakchi tarmoqlarini jadal yangilashda innovatsion texnologiyalardan foydalanib 2011 yilda
respublikamizda 558 yangi ishlab chiqarish ob’ekti foydalanishga topshirildi. SHu jumladan,
ozik-ovqat sanoatida 195 ta, qurilish materiallari sanoatida 155 ta, yengil sanoatda 129 ta,
yog’ochni qayta ishlash sanoatida 19 ta mashinasozlik sanoatida 6 ta, kimyo sanoatida 4 ta va
boshqa ob’ektlar ishga tushirildi. Qishloq xo’jalik tarmoqlarini texnik va texnologik yangilash
bo’yicha 71,6 ga maydonda 187 ta issiqxona tashkil qilindi, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta
ishlash bo’yicha minitexnologiyalar va ixcham uskunalar xarid qilish uchun kichik biznes
sub’ektlari, fermer xo’jaliklari hamda agrofirmalarga 3,9 mlrd so’mlik kreditlar taqdim etildi,
qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlarini ta’minlashni yaxshilash
uchun lizing asosida TTZ traktorlari va boshqa texnika yetkazib berildi. Meva-sabzavot
mahsulotlarini saqlash bo’yicha qishloq xo’jalik korxonalarining moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash maqsadida 9,9 ming tonna sig’imga ega 11 ta yangi meva-sabzavot ombori va
sovutgich kameralari ishga tushirildi. “2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va
kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to’g’risida”gi dastur doirasida qiymati
104,3 mln dollarga teng kapital qo’yilmalar o’zlashtirildi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin