37
farqlaydi. Jumladan, neoklassiklar tomonidan modernizatsiyaga xususiy mulkchilik va
demokratiyani mustaxkamlash sifatida yondashilsa, Keynschilar tomonidan, eng avvalo,
xo’jalikning asosiy tarmoqlarini qamrab oluvchi yangilanish jarayoni degan fikr ilgari surilgan.
Inqirozga qarshi choralar dasturining mazmun
mohiyati, asosiy yo’nalishlari korxonalarni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni jadallashtirish, zamonaviy
innovatsion texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar va
diversifikatsiyalash jarayonlarini kengaytirishni o’zida aks ettiradi. “Qanchalik g’ayritabiiy
tuyulmasin, - deb yozadi Prezidentimiz Islom Karimov – jahon
iqtisodiy inqirozi ishlab
chiqarishni muntazam yangilab, modernizatsiya qilib borish zarurligini kun tartibiga yanada
o’tkir qilib qo’ymoqda va buning uchun bor kuch – imkoniyatimiz va resurslarimizni safarbar
etishni talab etmoqda”
12
.
SHu maqsadda umumiy qiymati 24 milliard AQSH dollaridan ziyod 300 ta investitsiya
loyihasi ustida ish boradi. Bunda yangi qurilgan 18,5
dollarni, modernizatsiyalash va
rekonstruktsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash – 6 milliard dollarni tashkil etadi
13
.
Mablag’lar, birinchi navbatda, yoqilg’i-energetika, kimyo, neftь va gazni qayta ishlash,
metallurgiya, yengil sanoat va to’qimachilik, qurilish materiallari, mashinasozlik sanoatlari
sohalariga yo’naltiriladi. “bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon
iqtisodiyotida yetakchi
o’rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, - deb ta’kidlaydi
Yurtboshimiz, - raqobatbardoshlika erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda
iqtisodiyotni izchil isloh qilish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni
chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona
va ishlab chiqarish
tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan quvvatlarni
modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi
mumkin”
14
Modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangilash, uni zamonaviy
talablar va me’yorlar, texnik shart-sharoitlar, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirishdan iborat
bo’lib, u mikrodarajada amalga oshiriladi. CHunki, asosan
mashinalar, asbob-uskunalar,
texnologik jarayonlash modernizatsiyalashtiriladi. Ammo modernizatsiya mezo va makrodaraja
ob’ekti bo’lib ham hisoblanadi (rasmga qaralsin). Bu jarayon xukumatning iqtisodiy siyosati,
investitsiyalar va kapital qo’yilma hamda kreditlarni bir tekis va maqsadga muvofiq
joylashtirilishi orqali tarmoqlar, shuningdek iqtisodiyot miqyosida boshqariladi.
Dostları ilə paylaş: