§ 1. Milliy iqtisodiyot tarkibi, uning mazmuni va asosiy shakllari.
§ 2. Iqtisodiy faoliyat tarkibini tahlil qilish.
§ 3. Milliy iqtisodiyot tarkibini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari.
§ 1. Milliy iqtisodiyot tarkibi, uning mazmuni va asosiy shakllari Iqtisodiyot murakkab va ko’p qirrali xususiyatga ega. U har biri aniq
funktsiyani bajaradigan va shuning bilan birga boshqa bo’Yoinlar harakatini
ta’minlaydigan keng tarmoqli turli xil bo’limlar tizimidan iborat. SHuning uchun
iqtisodiyotning tarkibi doimo rivojlanishda va takomillashtirishda bo’ladigan murakkab organizmdir. Iqtisodiyotning tarkibi (strukturasi) deganda ma’lum omillar ta’sirida
yuzaga kelgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimotini
ifodalaydigan iqtisodiyot tarmoqlarining nisbati tushuniladi.
Ma’lumki, Markazlashgan boshqaruv tizimida muayyan mamlakat iqtisodiyoti “xalq xo’jaligi” iborasi bilan ifodalanar edi. Bunday yondashuvda
mamlakat iqtisodiyoti ikki sohaga, ya’ni:
§ Ishlab chiqarish
§ Noishlab chiqarish sohalariga bo’lingan xalq xo’jaligi tarmoqlari tasnifiga
asoslanar edi.
Ishlab chiqarish sohasi: § Sanoat;
§ qishloq xo’jaligi;
§ o’rmon xo’jaligi;
§ qurilish;
§ yuk transporti;
§ ishlab chiqarishga xizmat o’iluvchi aloqa;
§ moddiy texnika ta’minoti;
§ savdo va tayyorlov tashkilotlari;
§ umumovqatlanish korxonalari;
§ boshqa har xil ishlab chiqarish faoliyatlari;
Noishlab chiqarish sohasi: § uy-joy kommunal xo’jaligi va aholiga maishiy xizmat ko’rsatish;
§ sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sotsial ta’minot;
§ xalq ta’limi;
§ madaniyat va san’at;
§ moliya, kredit va davlat sug’urtasi;
§ boshqarish;