Birinchi masala-yaqin besh-o’n yil ichida ushbu sohada yalpi ichki
mahsulotning 50-60 foizini ishlab chiqarishga erishish. Kichik biznes va
tadbirkorlikning ulushi YaIM tarkibida 2012 yilda 54,6 % ni tashkil qildi.
Ikkinchi masala- bu sohani rivojlantirish aholini ish bilan ta’minlash va
uning daromadlari o’sishining eng muhim manbalaridan biriga aylanishi lozim.
Uchinchi masala- mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
barqarorlikning poydevori bo’lmish kichik va o’rta mulkdorlar sinfini
shakllantirishni tezlashtirish hamda uni rivojlantirish zarur.
3. Ustuvor yo’nalishlarni to’g’ri belgilash Ustuvor yo’nalishlarni, sohalarni to’g’ri belgilanishi nafaqat ilgari taqchil hisoblangan mahsulot turlarini keng ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishga,
balki ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirishga ham imkon beradi, shu
bilan birga, butun iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladi.
Hozirgi davrda ustuvor yo’nalishlar qatoriga quyidagilar kiritilgan: - aholini ijtimoiy himoyalash, yangi ish o’rinlarini yaratish, tadbirkorlikni
rivojlantirish, pensiya ta’minotini yanada yaxshilash va hokazo.
- iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan o’zgartirish (korxonalarni texnik jihatdan
qayta jihozlashni jadallashtirish va modernizatsiyalash, raqobatbardosh ishlab
chiqarish tizimlarini tezroq xalqaro sifat standartlariga o’tkazish va hokazo);
- qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fermerlik
faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish;
- kichik va xususiy tadbirkorlikni keng ko’lamda rivojlantirish;
- kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish;
- sog’liqni saqlash bo’yicha islohotlarni yanada chuqurlashtirish;
- elektr energiya tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini
kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish;
-mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash va hokazo.