4. Ishlab chiqarish samaradorligini tahlil qilish
Ma’lumki, ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini o’stirish
xalqning turmush darajasini oshirish imkoniyatini beradi. O’zbekistonda 1997
yilda birinchi marta YaIM ishlab chiqarish hajmi aholi sonining o’sish
darajasidan yuqori bo’ldi. Bu o’ta muhim ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichdir.
O’zbekistonda YaIMni o’sish sur’ati 2005 yilda 7%, 2007 yilda – 9,5%,
2010 yilda 8,5%, 2011 yilda 8,3 %, 2012 yilda 8,2%ni tashkil etdi.
10-jadval
O’zbekistonda asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi
54
yillar
ko’rsatkichlar
2000
2005
2007
2010
2011
Yalpi ichki mahsulot
103,8
107,0
109,5
108,5
108,3
Sanoat mahsuloti
105,9
107,2
112,1
108,3
106,3
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari
103,1
105,4
106,1
106,8
106,6
Asosiy kapitalga investitsiyalar
101,0
105,7
125,8
109,2
107,9
Qurilish ishlari
103,0
110,7
116,0
108,1
108,5
Yuk aylanmasi
120,4
106,6
107,3
100,0
106,8
Yo’lovchi aylanmasi
105,2
115,4
114,1
109,0
107,8
Pullik xizmat ko’rsatish
115,7
116,3
120,0
113,4
116,1
Tashqi savdo aylanmasi
97,9
109,6
140,7
103,0
115,0
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2000 yildan boshlab
mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha sohalarida muntazam o’sish sur’atlari
kuzatilmoqda.
5. Ijtimoiy ishlab chiqarish hajmini miqdor va sifat jihatidan o’sish sur’atlari
tahlil qilinadi
O’zbekistondagi izchil iqtisodiy siyosat, o’tmishdan meros qolgan qiyin
og’ir ahvoldan tezda chiqib ketish va muttasil rivojlanish tufayli MDH davlatlari
orasida 2004 yildayoq 1990 yilgi darajaga yetish imkoni yaratildi.
MDH mamlakatlari orasida O’zbekiston iqtisodiy tanglikdan eng kam
talofatlar bilan chiqdi, u boshidan kechirgan iqtisodiy tushkunlik davri eng qisqa
bo’ldi. O’zbekistondagi iqtisodiy yangilanishning muhim va e’tiborli yana bir
tomoni borki, u ham bo’lsa, meros qolgan an’anaviy tamoyillardan tashqari,
iqtisodiy islohotlar yuzaga chiqargan yangi omillarga ham tayanildi. Ular barqaror
va ishonchli bo’lganidan tashqi kuchlarning iqtisodiyotimizga ko’rsatgan salbiy
ta’sirini sezilarli darajada kesa oldi. SHu sababli, jahon bozorida paxta, oltin va
Dostları ilə paylaş: |