62
2. Iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish,
texnik hamda texnologik yangilashni jadallashtirish va uni ko’lamini kengaytirish,
ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish;
3. Yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasiini jadal rivojlantirish;
4. Iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotimizga axborot
kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish;
5. Faol investitsiya siyosati yurgizish. Tadbirkorlik va ishbilarmonlik
muhitini yanada yaxshilash;
6. Har bir xudud uchun ustuvor tarmoqlarni aniqlash, sanoat ishlab
chiqarishni, ayniqsa qayta ishlash tarmoqlarini, xizmat ko’rsatish sohasini, ishlab
chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani tezkor va muvozanatli rivojlantirishni,
xududlarni tarmoqlar bilan uzviy bog’lagan holda kompleks rivojlantirishni
ta’minlash;
7. Yangi ish o’rinlarini tashkil etish va mamlakatimiz aholisi bandligini
ta’minlash.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan muhim tamoyil va ustuvor yo’nalishlarning
barchasini izchil amalga oshirish natijasida o’zimizning asosiy maqsadimizga -
rivojlangan, ma’rifiy, huquqiy demokratik davlatlarda mavjud bo’lgan hayot
darajasiga erisha olamiz, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz
farovonligini ta’minlash imkoniga ega bo’lamiz.
Dostları ilə paylaş: