59
import o’rnini bosuvchi mahsulotlar turlarini ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash,
ichki bozorni xalq iste’moli tovarlari bilan to’ldirish, kommunikatsiya va ishlab
chiqarish infratuzilmasi tizimini rivojlantirish, investitsiya faoliyatini
jadallashtirish, O’zbekistonning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, tashqi
iqtisodiy faoliyatni rag’batlantirish bilan bog’liq boshqa yo’nalishlar eng ustuvor
vazifalar sifatida belgilab olindi. Investitsiyalar
tarkibida ishlab chiqarish
tarmoqlari ulushi 70 foizdan oshib ketdi. Bu esa, o’z navbatida, yalpi ichki
mahsulot ishlab chiqarishning real ko’rsatkichlarini oshirish sari keng yo’l ochdi.
Eng muhim tarmoqlar bilan bir qatorda ilg’or, yuksak ilmtalab yuqori ishlab
chiqarishlar – avtomobilsozlik, samolyotsozlik, qishloq xo’jaligi mashinasozligi,
elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va metallsozlik, shuningdek, iste’mol
tovarlari ishlab chiqaruvchi yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ham jadal
rivojlantirilmoqda. Neftь-gaz qazib olish va qayta ishlash sanoati, rangli
metallurgiya, avtomobilь sanoatida yaratilayotgan qudratli salohiyat butun
mamlakatimiz makroiqtisodiy barqarorligi va taraqqiyotida muhim omil
bo’lmoqda.
Dostları ilə paylaş: