O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə60/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

Birinchi muhim ustuvor yo’nalish - bu Mustaqillikni bundan buyon ham
asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash bo’lib xizmat qiladi.
Mustaqillik biz uchun muqaddas ma’naviy qadriyatlar va milliy
an’analarga tayangan holda va tarzda yashash, ana shu bebaho merosni asrab-
avaylab, uni kelgusi avlodlarga yanada boyitgan holda yetkazish demakdir.
Ayni vaqtda mustaqillik bizdan
zimmamizga olgan xalqaro
majburiyatlarga rioya etish va ularni bajarishni, Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Nizomi talablariga, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlarga qat’iy
amal qilib yashash ma’suliyatini so’zsiz yuklaydi.
Bu - uzoq-yaqin qo’shnilarimiz bilan do’stlik va hamkorlik asosida
yashash, dunyo hamjamiyatidan o’zimizga munosib obro’ va o’rin egallash uchun
doim intilish va kurashish demakdir.
Ikkinchi ustuvor yo’nalish – bu mamlakatimizda xavfsizlik va
barqarorlikni, davlatimizning hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligi,
fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashdan iborat.
Uchinchi ustuvor yo’nalish – bu bozor islohotlarini yanada
chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o’zaro
mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo’lib erkin
iqtisodiyotning tamoyillarini joriy etish.
Bu yo’nalish yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda yetakchi o’rinni
egallaydigan, fuqarolarning muhim daromad manbai va mulkdorlar sinfini
shakllantirishning asosi bo’lgan xususiy sektorning mavqeini yanada oshirish,
kichik-o’rta biznes hamda tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni taqozo etadi.
Bu borada tashqi iqtisodiy faoliyat hamda valyuta bozorini erkinlashtirish,
milliy valyutaning erkin almashuvini ta’minlash, milliy valyutamiz -
so’mimizning barqarorligi va xarid quvvatini har tomonlama oshirish
taraqqiyotimizning yangi bosqichidagi asosiy vazifalarimizdan biridir.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin