O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org
Milliy iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish quyidagi vazifalarni hal qilishi lozim: 1. Respublika uchun eng asosiy bo’lgan tarmoqlarni, jumladan, yoqilg’i-
energetika va g’alla majmualarini rivojlantirish, yangi tarmoqlar yaratish,
faoliyat ko’rsatayotgan sanoat tarmoqlarini rekonstruktsiya va
modernizatsiya qilish.
2. Tabiiy, mineral-xomashyo, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish;
3. Boshqa davlatlardan xom-ashyo resurslarini eng muxim turlari, butlovchi va
oziq-ovqat maxsulotlari olib kelinishini qisqartirib, ana shu maxsulotlar
o’rnini bosadigan korxonalarni rivojlantirish asosida respublikaning
iqtisodiy mustaqilligiga erishish;
4. O’zimizda ishlab chiqarishni tashkil etish hisobiga aholining va
iqtisodiyotning eng muhim mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish;
5. Korxonalarni zamonaviy ilg’or texnologiya, energetika uskunalari, ayniqsa,
kichik va o’rta korxonalar uchun mo’ljallangan ixcham uskunalar bilan
jihozlash;
6. Xodimlar malakasini oshirish va milliy ishchi kadrlarga ega bo’lish;
7. Aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish.
Tashabbuskorlik va omilkorlikni rag’batlantirish;
8. Iqtisodiyotning mutanosib rivojlantirishni ta’minlash va uning bir
tomonlama ixtisoslashuvini, shuningdek, tarmoqlar ichidagi va hududiy
nomutanosibliklarni bartaraf etish;
9. Respublikaning eksport imkoniyatini kengaytirish;
10. Agrar sektorda qayta qurishni tugallash. Ekin maydonlarida paxta, g’alla,
yem-xashak ekinlarini, sabzavot va hokazolarni optimal variantlarini
yaratish, qishloq xo’jaligida boshqaruv va ishlab chiqarishni tashkil qilish
shakllarini takomillashtira borish;
11. Sanoat, transport, aloqa, ximiya va neftь ximiya sanoatini,
avtomobilsozlik, telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish;
60
12. CHet el turizimni rivojlantirish;
13. Yangi boshqaruv strukturasini vujudga keltirish va takomillashtira borish.
Ularda ishlaydigan kadrlarga, ularning kasbiy tayyorgarligiga yanada yuqori
talablar qo’yish va hokazo.
O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyat asoslarini shakllantirishning yettita yo’nalishlarini belgilab berilgan.