O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə67/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati
112,2
O’rmon, yog’ochni qayta ishlash va tsellyuloza-
qog’oz sanoati
107,1
Qurilish materiallari sanoati
111,9
Engil sanoat
104,7
Oziq-ovqat sanoati
113,1
Boshqa sohalar
111,0
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Toshkent O’zbekiston 2011 yil.
Sanoatning o’sish sur’atlari va tarmoq tarkibi. Sobiq sovet xo’jalik yuritish
tizimining barham topish davridagi bir oz pasayishdan so’ng yurtimizda 1996 yildan
boshlab sanoat ishlab chiqarishi hajmi izchil o’sib bormoqda. 2012 yilda snaot ishlab chiqarish
hajmi 7,7% ga o’sdi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda avtomobilsozlik, neft-gaz kimyo sanoati, neft-gaz
mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo’l mashinasozligi, maishiy
elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat sanoati va yengil sanoatning ayrim
sohalari kabi bir qator mutlaqo yangi sanoat tarmoqlari yaratildi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida avtomobilsozlik sanoati alohida o’rin egallamoqda. Bu
tarmoq Asaka shahrida AQSHning «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda y e ngil
avtomobillar ishlab chiqaradigan, Toshkent shahrida Germaniyaning dunyoga mashhur
«Daymler Bents» va Samarqand shahrida Yaponiyaning «Isuzu» kompaniyalari bilan
hamkorlikda avtobuslar ishlab chiqaradigan hamda Samarqand shahrida Germaniyaning
«MAN» kompaniyasi bilan tashkil etilgan yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan yangi
zavodlarni o’z ichiga oladi. Ana shunday o’zgarishlar natijasida mashinasozlik va metallni
qayta ishlash sanoatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1990 – 2010 yillarda 11,6 barobar o’sdi.
Faqat oxirgi 10 yilning o’zida yengil avtomobillar ishlab chiqarish 7,1 barobar,
avtobuslar – 2,6 barobar va yuk avtomobillari tayyorlash – 12,9 barobar oshdi.
Neftь qazib chiqarish va neftni qayta ishlash
sanoatining yaratilishi
mamlakatimizning energetik xavfsizligini ta’minladi. Neftь va gaz kondensati qazib olish 1990
yilga nisbatan 1,4 barobar o’sdi. Tabiiy gaz ishlab chiqarish sur’ati 1990 – 2010 yillar
davomida 1,6 barobar, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi esa 15,2 barobar ko’paydi.
Muborak gazni qayta ishlash zavodini birinchi navbati ishga tushirildi. SHo’rtanneftgaz
korxonasida suyultirilgan gaz ishlab chiqardigan qurilma o’rnatildi va h.k.
Energetika mustaqilligini ta’minlash hamda neftь va gazni qayta ishlash tarmoqlarini
rivojlantirish dasturi doirasida, istiqlol yillarida eng zamonaviy texnologiyalarga ega bo’lgan
chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi («Teknip»,
Frantsiya) va SHo’rtan gazkimyo majmuasi («ABB») barpo etildi, Farg’ona neftni qayta ishlash


67
zavodi to’liq rekonstruktsiya qilindi. Gaz-kimyo tarmog’ining tashkil etilishi tabiiy gazni


qayta ishlashni chuqurlashtirish va turdosh tarmoqlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini
rivojlantirish imkonini yaratdi.
Qo’ng’irot soda zavodida 2006 yildan boshlab kalьtsiyli soda, Samarqand kimyo
zavodida nitrokalьtsiyfosfat o’g’iti ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi, 2010 yilda mintaqamizda
yagona bo’lgan Dehqonobod kaliyli o’g’itlar zavodi ishga tushirildi. Uning 2 navbatining
qurish ishlari boshlab yuborildi.
Yog’ochni qayta ishlash va tsellyuloza-qog’oz sanoatida ishlab chiqarish hajmi 13,4
barobar, oziq-ovqat sanoatida – 5,7 barobar, yengil sanoatda – 3,8 barobar o’sdi.
Ip-kalava ishlab chiqarish 2,2 barobar ko’paydi. Gilam va gilam mahsulotlari ishlab
chiqarish hajmi 21 million kvadrat metrdan ziyod bo’ldi.
O’tish davrining murakkab sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash
maqsadida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari, xususan, neftь, gaz, oltin qazib olish, rangli
metallurgiya, kimyo va neftь-kimyo sanoatini jadal rivoj- lantirish uchun davlat barcha shart-
sharoitlarni yaratib berdi. Natijada chuqur sifat o’zgarishlari ro’y berdi va O’zbekiston
sanoatining tarmoq tarkibi ancha diversifikatsiya qilindi va mutanosiblashdi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin