Sanoat ishlab chiqarish dasturi sanoat korxonalarining xo’jalik faoliyatlarini yakuniy
natijalarini o’z ichiga oladi va jamiyat talabiga muvofiq ma’lum nomenklaturada ishlab
chiqarilgan sanoat mahsulotlarining hajmini ifodalaydi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish natura
va qiymat ko’rsatkichlarida o’lchanadi.
Natura ko’rsatkichlari nomenklatura va assortimentda beriladi.
Nomenklatura bu sanoat mahsulotlarining turlaridir. Masalan, traktor, ekskavator,
poyafzal, mebelь va hokazo.
Assortiment – biron bir sanoat mahsuloti gruppasidagi ayrim xil buyumlar tarkibi,
ularning nisbati va sortlari. Masalan: Mineral o’g’itlar – azotli, kaliyli, fosforli o’g’itlar; yoki
Kostyumlar ichida – erkaklar, ayollar, bolalar kostyumlari, Poyafzal ichida- erkaklar poyafzali,
ayollar poyafzali, bolalar poyafzali, ishchi poyafzal va hokazo. Assortiment, mahsulot
nomenklaturasini konkretlashtiradi, detallashtiradi va iste’molchilarning aniq talabini qondiradi.
Natural ko’rsatkichlar sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmini aniq ifodalaydi. U konkret
mahsulot ishlab chiqarishni ifodalagani uchun ham unga bo’lgan talab va ishlab chiqarishni bir-
biri bilan balanslash (muvofiqlashtirish) imkonini beradi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni hajmini aniqlash uchun tovar va yalpi mahsulot
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Tovar mahsuloti o’z ichiga tayyor mahsulotlar qiymatini, sotish uchun mo’ljallangan
yarim fabrikatlar qiymatini hamda kapital qurilish uchun ishlatiladigan sanoat xarakteridagi
ishlarning qiymatini oladi.
Tovar mahsuloti ko’rsatkichi hajmiga shu korxonada ishlab chiqarilgan va ana shu
korxonaning o’zida boshqa mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan mahsulotlar kirmaydi.
Bu usul zavod uslubi deb ataladi.
Yalpi mahsulot ko’rsatkichi tovar mahsuloti ko’rsatkichidan tugallanmagan ishlab
chiqarishning o’sishi yoki kamayishi hajmi bilan farqlanadi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish dasturi jamiyatning sanoat mahsulotlariga bo’lgan
talabi va bu talabni qondirish imkoniyatlari asosida tuziladi.
Sanoat mahsulotlariga bo’lgan talab, ehtiyoj quyidagilardan iborat bo’ladi:
1. Ishlab chiqarishning ehtiyoji
2. Aholining talabi
3. Eksport
4. Davlat rezervlarini to’ldirish
5. Boshqa talablar